So’nggi yangiliklar

23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  1 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2

“Neftchi” jamoasini qo'llab-quvvatlaymiz! Yangiliklar

“Neftchi” jamoasini qo'llab-quvvatlaymiz!

Teglar :  Neftchi
Mana orziqib kutilgan XXV milliy chempionatimiz qizg'in tarzda davom etmoqda.

Biroq sevimli jamoamiz “Neftchi” 2-turda “Navbahor” ustidan g'ozonilgan chempionat doirasidan muvaffaqiyatdan so'ng ketma-ket mag'lubiyatlarni qabul qilib olmoqda. Bu mag'lubiyatlar esa xech qaysi muxlisga yoqmasligi kundek ravshan. 2016-yilgi mavsum bizga “Neftchi” jamoasining 2014-yildagi mavsumini eslatmoqda.

Jamoa boshqaruvini Murod Ismoilov qabul qilib, yangi tarkibga ega ”Neftchi” jamoasini shakllantirib olguncha bir mavsum vaqt ketdi. Keyingi yili esa mehnatlar o'z samarasini berishni boshlagandi. Murod Ismoilovning tinimsiz izlanishlari va muxlislarni qo'llab-quvvatlashi natijasi jamoa Oliy liga-2015ni eng kuchli besh klub qatorida yakunladi.  To'g'ri o'z vaqtida “Neftchi” muxlislari jamoani faqat sovrindorlar qatorida ko'rib o'rganib qolishgandi. Biroq futbolda mana shunday yuksalish va pasayish davri ham bo'lib turadi. Misol uchun bir paytlar Turinning “Yuventus” jamoasi Italiya chempionatini tark etgan paytlar ham bo'ldi. Biroq ko'p o'tmay jamoa o'zining nafaqat Italiyadagi balki Evropadagi nufuzini ham tiklab oldi. Men “Neftchi”ning ayni paytdagi xolatini shu klubga qiyoslayman. Jamoamiz qaytadan shakllanmoqda. Yaqin yillar ichida “Neftchi” yana grandlar qatoriga qaytishiga ishonaman.

Afsuski, bu yil Andrey Fyodorov va uning jamoasining ishlari yaxshi kechmayapti. “Neftchi” ayni paytda o'z muxlislarining qo'llab-quvvatlashiga xaminqadar muxtoj! Keling, sevimli “Neftchi” jamoamizni qo'llaylik. Zero biz muxlislarning daldasi ayni lahzada Fyodorov va uning jamoasiga qo'shimcha kuch bo'lishiga shuba yo'q. SHu maqsadda haqiqiy jonkuyar muxlislar o'rtasida “Neftchi muxlislar guruhi”ni tashkil qilmoqchimiz. Bunda esa siz muxlislarning yordamingiz kerak bo'ladi. Bu haqida tez oradan matbuot orqali xabar qilamiz. 16 aprel kuni “Neftchi” jamoasi o'z maydonida “So'g'diyona”ga qarshi o'ynaydi. Barcha futbol ishqibozlarini mazkur bellashuvga chorlab qolamiz. Yana bir bor takidlab o'tmoqchiman, ayni paytda jamoaga muxlislarning daldasi juda va juda zarur. Biz bir jamoamiz va “Neftchi”ni qo'llab-quvvatlaymiz !

“Neftchi” jamoasining jonkuyar muxlislari nomidan BEK.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика