"Neftchi" darvozasiga penalti belgilagan hakamni raqib futbolchisi quchoqlab oldi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2017, 14:16
Ozarbayjon chempionatida yana mojaro.

"Neftchi" Ozarbayjon chempionatining 15-turida "Karabax"ga qarshi bahs yuritdi. Bu uchrashuvda "Neftchi" g'alaba qozonishga yaqin kelgan edi, ammo shubhali penalti ularni 2 ochkodan mahrum qildi. 11 metrlik jarima zarbasi belgilanganidan so'ng "Karabax" futbolchisi hakamni quchoqlab oldi...


Ushbu bahs natijasiga ta’sir ko'rsatgan vaziyat 71-daqiqada sodir bo'ldi. Uzatmadan so'ng to'p chiziq ustida turgan futbolchining qo'liga tekkanini ko'rsatgan hakam, "Neftchi" darvozasiga penalti belgiladi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru