Nedved Dibalaning "Yuventus"dan ketish sababini aytdi
12 may 2022 19:40
Yangiliklar


Nedved Dibalaning "Yuventus"dan ketish sababini aytdi
Turinning "Yuventus" klubi vice-prezidenti Pavel Nedved argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning jamoani tark etishi sabablari haqida gapirdi.
"Biz futbolchini har tomonlama o'rganib chiqdik, u bizga maydonda va undan tashqarida nima berayotganini o'rgandik, loyihamizga qo'shgan hissasini hisobga oldik.
Ochig'i, uning talablari juda yuqori va buni tushunish mumkin, chunki u ajoyib futbolchi. Biroq biz ularni qondirishga tayyor emasligimizni his qildik, shuning uchun yo'llarimiz ajralishi tabiiy.
Lekin bu uning qoyilmaqom futbolchi emasligini anglatmaydi", – dedi Nedved.
Eslatib o'tamiz, Dibalaning "Yuve" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan. Oldinroq futbolchi Milanning "Inter" klubiga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar