Nazorat uchrashuvi: "Obod" - "Olmaliq" yoshlar jamoasi 5:1
26 dek 2015 07:50
Yangiliklar


Nazorat uchrashuvi: "Obod" - "Olmaliq" yoshlar jamoasi 5:1
"Olmaliq" tarkibi asosan ko'rikda bo'lgan 1997-99 yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat bo'ldi. Raqib jamoa esa bir muncha tajribali futbolchilarni maydonga tushirdi. Jumladan, Alibobo Rahmatullaev, Obid Hakimov, SHoxruz Norxonov, Doniyor Hasanov kabi tajribali futbolchilar "Obod" safida harakat qilishdi. Birinchi taymda urilgan uch gol Obid Hakimov hisobiga yozildi. Ko'rikdan o'tayotgan futbolchilarni saralashda raqibning kuchli ekanligi foyda berdi, deyish mumkin. Ikkinchi taymda yoshlarimiz hisobni qisqartirishga erishishdi. Ammo mezbon jamoa yana ikki marta gol urishga erishdi.
Uchrashuv yakunlangach, bir necha futbolchi yanvar oyida davom etadigan mashg'ulotlarga taklif etilishi malum qilindi. Bu futbolchilar poytaxtning "CHilonzor" hamda "Spartak" jamoalari azolari hisoblanishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar