So’nggi yangiliklar

14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  1 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  2 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  15 11:10Шомуродов Туркия клубининг таклифини қабул қилдими?  21 10:47Алонсо собиқ шогирдини “Реал“га олиб келиши мумкин  9 10:20МЮ ўз футболчисини “Реал“га таклиф қилди  3 09:52Мбаппе касалхонадан чиқди  1 09:25ЦСКАнинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  5 09:10Суперлига. "Сўғдиёна" Дориевнинг ягона голи эвазига ғалаба қозонди, "Қизилқум" эса сафарда "Андижон" билан дуранг ўйнади  1 08:58Месси ғалабадан сўнг нималар деди?  8 08:33Россия футболида катта можаро. Клуб раҳбари 15 йилга қамалиши мумкин  10

Nazorat uchrashuvi. “Mashal” – “So'g'diyona” 1:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Mashal” – “So'g'diyona” 1:0

Joriy mavsumga ayni damda Yangierda tayyorgarlik olib borayotgan “Mashal” klubi bugun navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvini tashkil etdi.

Bu borada “gazchilar”ga So'g'diyona” jamoasi sparring-raqib vazifasini o'tab berdi. Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov yig'inda ishtirok etayotgan barcha futbolchiga imkon berish maqsadida o'yinchilarni ikki tarkibga ajratga xolda, har bir taymda ikki xil tarkibni sinab ko'rdi. Tarkib esa quyidagicha ko'rinish oldi.

Birinchi bo'limda: Rahimjon Davronov, Jahongir Jiyamurodov, SHoxjahon Qilichev, G'iyos Komilov, Sirojiddin Rahmatullaev, Maqsud Mahmudov, SHahzod SHaymanov, G'ulom O'runov, Ihtiyor Toshpo'latov, SHoxruh Dostonov, Jamshid Hasanov.

Ikkinchi bo'limda: Xusan Olimjonov, Siroj Hamroev, Iskandar SHoyqulov, Avaz Agaliev, Abbos SHodmonov, Sarvar Abduraimov, Tursunmurod Hamdamov, Maradona Safarov, Abdulla Nabiev, Humoyun Murtazoev, Mirzohid G'ofurov. 

Uchrashuvda muborakliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Golga yaqindagina “Dinamo”dan kelib qo'shilgan Avaz Agaliev mualliflik qildi. 

Aleksandr Xoyamkov jamoasida yuz berayotgan o'zgarishlarni imkon qadar saytimizda berib bormoqdamiz. Muborakliklar bilan shu kungacha rasman Zohir Qo'ziboev bilan Sanjar Quvvatov tark etgani malum. Tezkor futbolchilar toifasiga kiradigan Zafar To'raev esa negadir jamoa yig'inida ko'rinmayapti. Uning jamoada qolish-qolmasligi hozircha nomalum. SHuningdek Xolmurod Xolmurodov ham ayni damda “SHo'rtan” mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Iqtidorli darvozabon Javohir Ilyosov esa olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Qatarga jo'nab ketgan.

SHuningdek legioner Mikita Bukatkin jamoa bilan xayrlashgan. Dilyaver Abibullaevda esa kichik jaroxat borligi sababli bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmadi. G'ulomhaydar G'ulomov esa oilaviy muammolari bois uyiga borib kelish haqida murabbiylardan ruhsat olgan. Jamoa safiga esa Avaz Agaliev, G'ulom O'runov, G'ulomhaydar G'ulomov kelib qo'shildi, hozircha. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика