Nazorat uchrashuvi. “Istiqlol” Qirgulida “Neftchi”ni mag'lubiyatga uchratdi
02 mar 2019 13:51
Yangiliklar


Nazorat uchrashuvi. “Istiqlol” Qirgulida “Neftchi”ni mag'lubiyatga uchratdi
Bellashuvning birinchi bo'limi Elyor Akbarovning 11-daqiqaga kiritgan goli evaziga “Istiqol”ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridan “Neftchi” vakillari hisobni tenglashtirish uchun hujumkor o'yin namoyish etgan bo'lsalarda, bu samara keltirmadi. Bazi vaziyatlarda “Neftchi” futbolchilariga yaqqol omad etishmadi. Aksincha ikkinchi bo'limning 65-daqiqasida “Istiqlol” futbolchisi Habibullo Buvatoev “Neftchi” darvozasiga gol urib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Uchrashuv shu tariqa “Istiqlol” jamoasining g'alabasi bilan tugadi.
Nazorat uchrashuvi
“Neftchi” - “Istiqlol” 0:2
Gollar: Elyor Akbarov 11 (0:1), Habibullo Buvatoev 65 (0:2)
Hakamlar: M.Fozilov, J. Musaev. A. Raxmatov
"Neftchi": Muzaffar Abdullaev, Davron Mamatov, Mirjamol Nematov, Ilxom Vahobov, Asilbek G'oyibjonov, SHodiyor Hojimatov, Dostonbek Abdurahmonov, Islom Toshpo'latov, Idris Bikmaykin, Davron Isoqov, Alisher Abduvohidov.
"Istiqlol": Rustam Nartadjiev, Timur Sultonov, Elyor Akbarov, Abduqodir Ortiqov, Jasur Ermamatov, Sardor Sotvoldiev, Anvar Hojimirzaev, Habibullo Buvatoev, Ulug'bek Xudoyberdiev, Riza Ayvazov, Elyor Mamasoliev.
Bekzod Tolibov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar