Navoiylik muxlislar Buxoroga borishadi
15 sen 2016 16:03
Yangiliklar
Navoiylik muxlislar Buxoroga borishadi
Oliy liga 22-turidan joy olgan markaziy uchrashuvlardan biri "Buxoro" - "Qizilqum" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Mazkur o'yinda navoiylik ko'psonli muxlislar o'z jamoalarini stadionda qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishgan. "Qizilqum" PFK rahbariyati va muxlislar klubi tashabbusi bilan o'yinga borib kelish uchun maxsus avtobuslar yo'lga qo'yiladi. Avtobuslar 17 sentyabr kuni soat 12.00 da Navoiydagi "So'g'diyona" stadioni oldidan yo'lga chiqadi.
Murojaat uchun telefon:
+998913333773. SHahriddin
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" - "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi bahs 17 sentyabr kuni soat 18.00 da "Buxoro" sport majmuasida boshlanadi.
Fikrlar