So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   30 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

"Navbahor"ning Namangandagi noxush seriyasi davom etdi, Arveladzedan esa qiziq statistika Yangiliklar

"Navbahor"ning Namangandagi noxush seriyasi davom etdi, Arveladzedan esa qiziq statistika

Namanganning "Navbahor" jamoasi Superliga doirasidagi o'z uyida o'tkazilgan oxirgi uchala bellashuvda imkoniyatni boy berdi.

Andrey Kanchelskisni ortga qaytargan "Navbahor" o'zining eski-yangi murabbiyi qo'l ostida Superliganing 19-turida  "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi. Doston Hamdamov tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini mehmonlar foydasiga hal etdi. 

SHu tariqa "Navbahor" ikkinchi davra hisobidan o'z uyidagi birorta o'yinda g'alaba qozongani yo'q. Namangandagi g'alabasiz seriya 3 o'yinga etdi. Bunga qadar jamoa avvaliga "Qizilqum"ga, keyinchalik AGMKga yutqazgandi. Bu safar "Paxtakor" "Qizilqum" va AGMK eplagan ishni uddaladi. Qizig'i, uchala uchrashuvda ham yagona gol bahs taqdirini "Navbahor" raqiblari foydasiga hal etdi.

Yana bir etiborga molik jihat shundaki, SHota Arveladze O'zbekistondagi murabbiylik faoliyati davomida o'zaro to'qnashgan va mag'lubiyatga uchrata olmay kelayotgan rossiyalik mutaxassis Kanchelskisni uchinchi uchrashuvda dog'da qoldirishga erishdi. Gruziya va rossiyalik murabbiylarning O'zbekistondagi qarama-qarshiligida ikki safardan buyon durang qayd etilayotgandi. Bu gal Arveladze mazkur seriyaga barham berdi.

Etiborlisi, Arveladze O'zbekistondagi faoliyati davomida to'qnash kelgan murabbiylar orasidan faqatgina Baxtiyor Ashurmatovni mag'lub etishga ulgurmadi. O'zbekiston kubogi finalida Ashurmatovdan mag'lub bo'lgan mutaxassis hozircha chempionat doirasida mazkur hamkasbi bilan duch kelgani yo'q. O'tgan mavsum AGMK quyi oltilikka tushib ketgach Ashurmatov jamoaga kelgan bo'lsa, bu yili esa "Paxtakor" "Buxoro"ga tashrifi oldidan Ashurmatov istefoga chiqarilgandi. Qizig'i, "Surxon"da malum vaqt ishlagan Ashurmatov "Paxtakor"ga qarshi o'yin yaqinlashishi oldidan u erdan ham istefoga chiqarilgandi. SHu tariqa hozircha Arveladze o'zaro to'qnashgan va mag'lub etmagan murabbiy sifatida qolayotgan Ashurmatov qiziq tasodif tufayli "Paxtakor" bilan chempionatda uchrashgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" Superliganing 19-turidan keyin 25 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. Kuchli uchtalikdagi "So'g'diyona" va "Bunyodkor" bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil qilmoqda. "Paxtakor" esa "Navbahor" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin o'z ochkolari sonini 53taga etkazdi va "Loko"ning o'z uyida "Metallurg" bilan durang qayd etishi natijasida o'rtadagi farqni 17 ochkoga oshirdi. "Paxtakor" bu bilan chempionlik uchun katta qadam tashladi. Agarda kelasi turda "Loko" Qo'qonda ochko yo'qotadigan bo'lsa va "Paxtakor" Bekobodda g'alaba qozonsa, unda kelasi turdayoq chempion nomi oydinlashadi. "Lokomotiv" Qo'qonda muvaffaqiyat qozonadigan bo'lsa, unda "Paxtakor" chempionlikni rasmiylashtirishni 21-turga qoldirishi mumkin. Aynan Toshkentda "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuv "Paxtakor" uchun chempionlik o'yiniga aylanish ehtimoli yuqori.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика