"Navbahor"ga yangi darvozabon kerakmi?
29 iyu 2014 11:08
Yangiliklar
"Navbahor"ga yangi darvozabon kerakmi?
Yakuniga etgan birinchi davra o'yinlari mobaynida "Navbahor" murabbiylari ikki darvozabon xizmatidan foydalanishdi.
Doniyor Usmonov 7 uchrashuvda jamoa darvozasini qo'riqlagan bo'lsa, Xurshid Xo'jaev undan bir o'yin kam o'tkazdi. Umuman olganda, "lochinlar" 13-tur yakuniga ko'ra 20 ta to'p o'tkazib yuborishdi. Bu ko'rsatkich bilan "Navbahor" ko'p gol qo'yib yuborish bo'yicha 4-o'rinni egallab turibdi.
Darvozabon - yarim jamoa deyishadi. Lekin "Navbahor"da to'p surayotgan boshqa futbolchilarning mehnatini, to'g'risini aytganda posbonlar yo'qqa chiqarishmoqda. Deyarli har bir uchrashuvda darvozabonlarimizning oddiy va kulguli xatolar evaziga raqiblarimiz darvozani ishg'ol qilishmoqda. Hayron qolasan, murakkab vaziyatlarda Doniyor ham, Xurshid ham yaxshi o'yin ko'rsatadi. Lekin oddiy hollarda o'tkazib yuborilayotgan gollar maydondagi boshqa o'yinchilarning hafsalasini pir ham qilmoqda.
Usmonov o'tgan mavsumdagini Oliy ligada ko'proq o'yin o'tkazdi, "Guliston" tarkibida. Undan avval esa "Neftchi"da o'zini ko'rsata olmagan edi. Xurshid Xo'jaev o'tgan yili "Guliston"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. 2011-2012 yillarda esa Xo'jaev "Neftchi" darvozasini 10 uchrashuvda qo'riqlagan, xolos. Demak, tajriba juda kam.
Balki, muammo darvozabonlar murabbiysidadir? Sergey Zaxareckiyni qanday darvozabon bo'lganligini barcha "Navbahor" muxlislari juda yaxshi bilishadi. Namanganda to'p tepib yurgan chog'larda u ham juda ko'p "qovun" tushirgan. Esimda, "Paxtakor" 2008 yili "Navbahor"ni Namanganda 5:0 hisobida mag'lub etgandi. O'sha kuni toshkentliklarning darvoza tomon tepgan har biri to'pi gol bilan yakunlangandi. Ayniqsa, Geynrix va Andreevning gollari chiroyli chiqqan edi.
Zaxareckiy o'z imkoniyat darajasidan kelib chiqqan holda shogirdlariga saboq bermoqda. Oddiy vaziyatlarda o'zi ham ko'p gol o'tkazib yuborgan sobiq darvozabon qanday qilib bunday kulguli vaziyatlardan chiqib ketish haqida uqtiroladi?
Namangandan, tan olamiz, yaxshi darvozabon etishib chiqmagan. Bu og'riqli nuqta. O'z navbatida "Navbahor" ham yaxshi darvobonga yalchimayapti. Davralar oralig'ida yangi darvozabon yoki yangi darvozabonlar murabbiyi taklif etish kerakdir?
Muborakning "Mashal" jamoasi qayd etayotgan natijalarda jamoa darvozabonlarining xizmati ham beqiyos bo'lmoqda. SHuningdek, bu erda posbonlar murabbiyining ham katta xizmati yotibdi. Bilasizmi, yo'qmi "Mashal"da namanganlik sobiq darvozabon Pavel Sinelnikov ishlamoqda. Bir necha yil avval Rustam Qodirov bilan to'qnashuvdan so'ng jiddiy jarohat olgan posbon o'z faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgandi. SHunga qaramasdan, o'zida kuch topa olgan Pavel murabbiylik sohasida ish boshladi hamda hozirga kelib o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Balki, Sinelnikovni "Navbahor"ga jalb etish kerakdir. Taklif bildirilsa, jon deb Namanganda ishlashiga ishonish mumkin.
Xullas, bu borada davralar oralig'ida o'zgarish bo'lishiga umid qilamiz.
Ulug'bek ABDULLAEV

Fikrlar