"Navbahor"ga OFKdan mehmon keldi
18 okt 2017 19:24
Yangiliklar
"Navbahor"ga OFKdan mehmon keldi
OFKning strategik rejalashtirish, marketing va infratuzilma masalalari bo'yicha yo'riqchisi Elnur Mamedov va O'FF marketing boshqarmasi boshlig'i Baxtiyor Mametov "Markaziy" o'yingohga tashrif buyurishdi.
Tashrif chog'ida mehmonlar o'yingohda futbolchi va muxlislarga yaratilgan sharoitlarni o'rganib, o'z tavsiyalarini berishdi.
Osiyo futbol konfederaciyasi vakili o'z tajribasidan kelib chiqib, klubning marketing ishlarini yanada rivojlantirish bo'yicha o'z maslahat va tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.
"Navbahor" matbuot xizmati
Fikrlar