"Navbahor"ga 3 ta gol urgan "Buxoro" futbolchisi keyingi turda maydonga tushmaydi
24 sen 2025 14:40
Yangiliklar
"Navbahor"ga 3 ta gol urgan "Buxoro" futbolchisi keyingi turda maydonga tushmaydi
Ertaga, 25 sentyabr kuni Superligada 23-tur bahslari start oladi.
"Buxoro" klubi hujumchisi Dominik Begich bu tur "Mashal"ga qarshi maydonga tusha olmaydi. Sababi Begich oldingi tur "Navbahor"ga qarshi uchrashuvning oxirgi daqiqalarida mavsumdagi to'rtinchi sariq kartochkasini oldi.
Begich bu mavsum Superligada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal" - "Buxoro" uchrashuvi 30 sentyabr kuni G'uzor shahrida bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar