“Navbahor”: Jizzaxdagi uchrashuvdan so'ng tayyorgarlik davom etmoqda

16 sen 2014, 21:35
Ayni paytda futbolchilarimiz Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi o'tadigan navbatdagi tur uchrashuviga qizg'in tarzda hozirlik ko'rishmoqda.
Bayramov va Nurmatov boshchiligida mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotganligini aytib o'tish joiz. Ertadan esa mashg'ulotlar kuniga bir marotabadan o'tkaziladi.

“Bunyodkor”ga qarshi 20 sentyabr kuni bo'lib o'tadian uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasini boshqarishini aytib o'tish joiz. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida Rustam Tolibjonov qayd etilgan. Nazoratchi hakam vazifasi esa Alisher Abdullaev zimmasiga yuklatilgan. “Navbahor” – “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi o'yin 20 sentyabr kuni soat 18.00da “Navbahor” markaziy o'yingohida boshlanadi.

Manba: pfcnavbahor.uz