So’nggi yangiliklar

08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  0 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  3 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  3 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  3 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  1 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  3 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  4 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  180 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2

"Navbahor" vakillari keksalar va nogironlar holidan xabar olishdi Yangiliklar

"Navbahor" vakillari keksalar va nogironlar holidan xabar olishdi

Teglar :  "Navbahor"
"Navbahor" vakillari keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslardan xabar olishdi

Bugun Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkatjon SHokirjanovich Abdurazzoqov tashabbuslari bilan “Navbahor” PFK va “Markaziy” o'yingoh ishchi-xodimlari, shuningdek, klub vice-prezidenti Otabek Samatov boshchiligidagi “Navbahor” PFK xodimlari, jamoamiz futbolchilari – Abrorbek Ismoilov, Asadbek Jo'raboev va Davronbek Olimjonov, shuningdek, “Navbahor” Muxlislar raisi Muxtor Yusubbaevlar bilan birgalikda Namangan shahar, Davlatobod tumanida joylashgan Tug'ma nogironligi bor bolalar uyiga borib, ushbu dargoh ishchi-xodimlari va tarbiyalanuvchilari, bundan tashqari, Namangan  shahar, Davlatobod tumanidagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uyiga borib,  u erdagi ishchi-xodimlar va keksalar hamda nogironligi bo'lgan shaxslarga yangi yil sovg'alarini topshirishdi.  

Bundan xursand bo'lgan yuqorida nomi keltirilgan dargohlar xodimlari, keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar “Navbahor”ning shunday yuksak  darajaga etishi, zafarlariga o'zining ulkan hissasini qo'shgan viloyatimiz rahbari SHavkatjon SHokirjonovich Abdurazzoqov, bundan tashqari, “Navbahor” klubi  rahbariyati, ishchi-xodimlari, jamoamiz murabbiylar shtabi va futbolchilarini duo qilib, yangi mavsum musobaqalarida “Navbahor”ga omad yor bo'lib, chempionlik unvonini qo'lga kiritishiga tilak bildirishdi. 

SHuningdek, jamoaning ashaddiy va fidoyi muxlislari Oybek Islomjonov hamda Hasanboy Marupovlar ham yo'qlanib, ularga ham yangi yil sovg'alari topshirildi. 

Ushbu tashrifdan mazkur ikki nafar muxlis hamda ularning oila azolari ham xursand bo'lib, “Navbahor”ning zafarlariga ulkan hissa qo'shayotgan Namangan viloyati hokimi SHavkatjon Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” klubi  rahbariyati, ishchi-xodimlari, murabbiylar shtabi va futbolchilarini duo qilib, yangi mavsum musobaqalarida “Navbahor”ga zafarlar yor bo'lishini tilashdi. 

Bir so'z bilan aytganda, yangi yil arafasida viloyatimiz rahbari SHavkatjon Abdurazzoqovning tashabbusi bilan keksalar hamda nogironligi bor bo'lgan shaxslarga xursandchilik ulashildi.     

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика