So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

“Navbahor” va “Paxtakor“ futbol klublari o'rtasida o'tkazilgan uchrashuv bo'yicha rasmiy malumot Yangiliklar

“Navbahor” va “Paxtakor“ futbol klublari o'rtasida o'tkazilgan uchrashuv bo'yicha rasmiy malumot

Teglar :  Navbahor Paxtakor
2021 yil 7 aprel kuni Namangan shahar “Navbahor” o'yingohida “Navbahor” va “Paxtakor“ futbol jamoalari o'rtasida 5-davra uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuv soat 18:30da boshlanib, soat 20:25 da (qo'shib berilgan vaqt hisobiga) tugadi.

O'yingohga jami 15 800dan ortiq muxlislar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida, o'yinning so'nggi 89-daqiqasida “VAR” tizimi orqali “Navbahor” futbol jamoasi darvozasiga 11 metrlik penalti belgilanib, “1-2” hisobida “Paxtakor” futbol jamoasi g'alabasi bilan yakunlanganligi “Markaziy” o'yingohga to'plangan futbol ishqibozlarining keskin etirozlariga sabab bo'ldi.

O'yin yakunlangach, etiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targ'ibot ishlari olib borilib, tarqatish choralari ko'rildi.
Hakam, mehmon o'yinchilar va “Paxtakor” fan klubining 35 nafar azolari nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo'yildi.

Mazkur uchrashuv davomida jamoat tartibi to'liq saqlanib, fuqarolar orasida hech qanday talofat yoki tan jarohat olish holatlariga yo'l qo'yilmadi.

Tomoshabinlar orasida faol etiroz bildirib, boshqalarga tasir o'tkazmoqchi bo'lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olindi va Davlatobod tuman IIBga olib kelinib, shaxsiga aniqlik kiritildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.

Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo'l qo'yilmadi.


Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика