So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"Navbahor" ustozi, etakchisi va boshqalar - Superligada 24-turning eng yaxshilari Yangiliklar

"Navbahor" ustozi, etakchisi va boshqalar - Superligada 24-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 24-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 24-turning eng yaxshi darvozaboni – Hamidullo Abdunabiev ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu tur o'z maydonida "Metallurg" bilan to'qnash keldi va durang o'ynadi - 1:1. O'yin davomida mezbonlar posboni Hamidullo Abdunabiev bitta gol o'tkazganiga qaramay qolgan vaziyatlarda jamoasini bir necha bor qutqardi va jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHu tariqa Abdunabiev turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 24-turning eng yaxshi murabbiyi – Sergey Lushchan ("Navbahor")

"Navbahor" bu turni Namanganda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazdi va yirik g'alabaga erishdi - 5:2. Uchrashuv davomida maydon egalari chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etishdi. "Lochinlar" o'z tarixida ilk bor "Paxtakor" darvozasiga bitta o'yinda 5 ta gol urishdi. "SHerlar" 1994 yildan buyon O'zbekiston chempionatida 5 ta gol o'tkazmagan edi. SHu tariqa Sergey Lushchan turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 24-turning eng yaxshi futbolchisi – Jamshid Iskanderov ("Navbahor")

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov "Paxtakor" bilan bahsda raqib darvozasiga ikkita gol urishga erishdi. Umuman yarim himoyachi shu kuni ajoyib o'yin namoyish etdi va haqiqiy etakchiga aylandi. SHunday qilib Jamshid Iskanderov tur futbolchisi deb topildi!  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 24-turning eng chiroyli goli muallifi – Xislat Halilov ("Dinamo")

"Dinamo" yarim himoyachisi Xislat Halilov chiroyli gol urishni kanda qilmayapti. 22-turda "Nasaf"ga  urgan golini etirof qilgandik, 24-turda Halilov "Lokomotiv"ga qarshi bahsda supergol muallifiga aylandi. Xislat Halilov tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.


 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика