"Navbahor" to'rt nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi
17 jan 2021 12:34
Yangiliklar


"Navbahor" to'rt nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlar qo'yayotgan “Navbahor” tarkibiga bugun 4 nafar yangi futbolchi qo'shildi.
Bular – o'tgan mavsumni AGMK safida o'tkazgan yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov, o'tgan mavsumni “Qo'qon - 1912” tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev, shuningdek, serbiyalik futbolchilar - himoyachi Nikola Tasich hamda yarim himoyachi Marko Putinkanin.
SHuningdek, tajribali darvozabon O'tkir Yusupov jamoa bilan tuzilgan shartnomasini muddatini uzaytirdi. Endi u yangi mavsumda ham “lochinlar” sharafini himoya qiladi.
Biz ushbu futbolchilarning yangi mavsumda chiroyli o'yinlari va gollari bilan “Navbahor”ning g'alabalariga munosib ulush qo'shishlarini tilab qolamiz", - deb yozadi “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar