"Navbahor": Tayyorgarlik 8 iyulda boshlanadi
04 iyu 2016 17:51
Yangiliklar
"Navbahor": Tayyorgarlik 8 iyulda boshlanadi
Futbolchilar bir haftalik dam olishdan so'ng ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlashadi. “Navbahor” ikkinchi davraga tayyorgarlikni asosan Toshkent viloyatida olib boradi. Rejaga ko'ra jamoa azolari 8 iyul kuni klub qarorgohida to'planishadi. Jamoa azolari Namanganda 2-3 kun davomida shug'ullanishgach yig'in o'tkazish maqsadida Toshkent safariga otlanishadi. Mashg'ulotlar barcha sharoitlarga ega bo'lgan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi oromgohda o'n kun davomida olib boriladi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichi esa poytaxtda davom ettiriladi. Toshkentdagi yig'in davomida nazorat o'yinlarida maydonga tushish ham rejalashtirilgan. “Navbahor” ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvini Toshkentda “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o'tkazishini eslatib o'tish joiz. Aynan shu o'yindan keyin jamoa Namanganga qaytadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
"Реал" Винисиусга нисбатан ирқчилик ҳақоратлари иши бўйича УЕФАга далилларни топширди
Fikrlar