So’nggi yangiliklar

02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  2 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  2 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3

"Navbahor" tarkibidagi o'zgarishlardan qoniqyapsizmi? Yangiliklar

"Navbahor" tarkibidagi o'zgarishlardan qoniqyapsizmi?

Hozirda CHirchiqda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan "Navbahor" o'z tarkibiga 4 nafar futbolchini qo'shib oldi.
Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov avvalgi chiqishlarida jamoaga ko'pi bilan to'rt nafar o'yinchi qo'shilishini aytib o'tgandi. Endi boshqa transferlar bo'lmaydimi?

Tarkibga qo'shilgan futbolchilardan faqatgina Alisher Samatov o'yin amaliyotiga ega, xolos. Dilshod Jabborovning tajribasiga shubha qilmasak-da, baribir unda o'yin amaliyoti kam. Bobur Akbarov haqida ham shunday deyish mumkin. Andrey Lyasyuk haqida esa hech narsa bilmaymiz. O'tgan mavsum "Nyoman"ni tark etgandan so'ng nimalar bilan band bo'lgan, bunisi bizga qorong'u. Bizningcha, u ham o'z formasida emas!

Ko'pchilik "Navbahor"ga yangi darvozabon kelishini kutayotgandi. Biroq, Ashurmatov jamoaga yangi golkiper chaqirmaydi, shekilli. SHunga qaramay, hali vaqt bor va yaxshi bir darvozabonni taklif etilishiga umid qilamiz. Axir, hozirgi "qovun" posbonlardan jamoa qachongacha jabr ko'radi? Murabbiylar balki Doniyor va Xurshidning o'yinidan qoniqishayotgan bo'lishi mumkindir, ammo muxlislar emas!

SHu o'rinda CHirchiq yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishib chiqing:

Darvozabonlar (2 ta)
 Doniyor Usmonov
 Xurshid Xo'jaev

Himoyachilar:  (6 ta)
Rahmatullo Berdimurodov
Botir To'raboev
Bobur Akbarov
Omon-Biik Halilov
Tohir SHamsiddinov
Yuriy Rijko

Yarim himoyachilar: (14 ta)
Dilshod Jabborov
Alisher Samatov
Rabbim Hasanov
Baxtiyor Yoqubov
Sobir Hamidov
Azim Ahmedov
Azam Aliev
Ilhom Boydedaev
Alisher Mahmudov
Elyor Jahonov
Mansur Saidov
Otabek Valijonov
Muhammad Rasulov
G'ayrat Jo'raev

Hujumchilar: (3 ta)
Abdumalik Abdullaev
Andrey Lyasyuk
SHahboz Erkinov.

Yarim himoyachilar juda ko'pga o'xshayaptimi? To'g'ri, bularning ayrimlari hujumchi va himoyachi sifatida o'ynashlari mumkin, lekin baribir ampluasi yarim himoyachida! Oldinroq jamoa yana bir hujumchi bilan qiziqayotgani haqida aytib o'tgandik. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, ushbu futbolchi "Mashal" azosi Mo'ydin Mamazulunov bo'lishi mumkin.

Xullas, Siz jamoaning hozirgi holatidan mamnunmisiz?
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика