"Navbahor” – “So'g'diyona” uchrashuv oldidan
26 apr 2014 12:37
Yangiliklar
"Navbahor” – “So'g'diyona” uchrashuv oldidan
Bugun Kosonsoydagi “Markaziy” o'yingohda “Navbahor” Jizzaxning “So'g'diyona” klubini qabul qiladi. Uchrashuv avval belgilanganidek, soat 16.30da boshlanadi.
SHu sababdan “So'g'diyona” futbol klubining rasmiy tvitterida o'yinni soat 16.00ga ko'chirilganligi haqida tarqatilgan xabar hech qanday asosga ega emas.
Raqiblar shu kunga qadar oliy ligada o'zaro 36 marta kuch sinashishgan. 19 uchrashuvda “Navbahor” g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa 12 ta o'yinda “So'g'diyona” g'alabani qo'lga kiritgan. Beshta qarama-qarshilikda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 64-39, “Navbahor” foydasiga. Jamoalar o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O'shanda futbolchilarimiz Namanganda jizzaxliklar darvozasiga ettita javobsiz to'p kiritishgandi. Sermahsullik borasida esa 2000 yilgi uchrashuv tarixda qolgan. Namanganda o'tgan uchrashuvda 6:3 hisobi kuzatilgandi.
Kosonsoydagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan uchrashuvni Rustam Bobomurodov boshchiligidagi navoiylik hakamlar boshqarishadi. Bobomurodovga qanotlarda Obid Jumaev va Rustam Samandarovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida andijonlik Akmal Rahimov qayd etilgan. Vyacheslav Valickiy zimmasiga esa nazoratchilik vazifasi yuklatilgan. Uchrashuvning borishi haqida rasmiy tvitter sahifamizda tanishish imkoniga ega bo'lasizlar.

Fikrlar