So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvidan so'ng Yangiliklar

"Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvidan so'ng

"Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumani tashkil etildi.
Uning birinchi qismida g'uzorliklar bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi: - Bugun "Navbahor" bilan Namanganda o'ynash juda qiyin bo'lishini bilgan edik. Birinchi navbatda "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlar qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. To'pni nazorat qilish bo'yicha ustunlikka erishgan bo'lsakda, ammo mezbonlar to'rtta yaratgan vaziyatidan unumli foydalandi. Bizda esa bu borada muammolar mavjud. Bundan avvalgi bellashuvlarda ham himoya chizig'imizda muammolarimiz ko'pligi ko'zga tashlanmoqda. 13- turda "Lokomotiv"dan to'rtta to'p o'tkazib yubordik, kubok bellashuvida "Paxtakor"ga yutqazdik... Birinchi davradan so'ng bunga etibor qaratamiz. Yangi himoyachi olishimiz kerak. CHunki bir o'yinda 2 yoki 3 ta to'p o'tkazib yuborgan jamoa hech qachon g'alaba qozona olmaydi. SHuningdek rejamizda hujumchi jalb etish ham mavjud. O'tgan yili 40 ta gol urgan Klishin, "Olmaliq"dan kelgan Zafar Polvonov bu yilgi mavsumda birorta gol urishgani yo'q. "Navbahor" bugun xaqli ravishda g'alaba qozondi. So'nggi 5-6 uchrashuvda "SHo'rtan" turli bo'limlarni o'tkazmoqda. Birinchi taymda yaxshi tassurot qoldirib, ikkinchi bo'limda yomon o'ynaymiz yoki buning aksi kuzatilmoqda. Endi oldimizda turgan qolgan ikki o'yinda maksimal ochko olishga harakat qilamiz. Viktor Karpenko "Paxtakor" bilan kechgan o'yinning 60- daqiqasida jaroxatlanib, uni almashtirishni so'ragandi. Futbolchimizning shikasti bugun maydonga tushishiga yo'l qo'ymagani bois uni Namanganga olib kelmadik.

Matbuot anjumani ikkinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov qatanashdi
: - O'zim futbolchilik faoliyatimda himoyachi bo'lganim bois shogirdlarimning ushbu chiziqdagi yo'l qo'ygan xatolari meni xayron qoldirmoqda. Rostini aytsam, kimni maydonga tushirishni ham bilmay qoldim. O'zim mashg'ulot o'tkazib, maydonga tushishim qoldi xolos. Darvozabonimiz Aleksandr Melenchuk jaroxat oldi, so'ngra ikkita o'yinda oltita gol o'tkazib yubordik. Albatta muammolarni bartaraf etishga harakat qilyapmiz, afsuski xatolarni to'g'irlab bo'lmayapti. SHuning uchun bugungi o'yin asabiy tarzda o'tdi. Rostini aytsam, birinchi davra tezroq tugashini kutmoqdaman. CHunki ikkinchi davraga tezroq tarkibimizni kuchaytirib olishimiz va bazi futbolchilarga javob berishimiz zarur. Afsuski, birinchi davra o'yinlari jamoamiz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Mavsum birinchi qismida kamida 4-5 ochko ko'proq jamg'arishimiz kerak edi. Lekin, qimmatbaxo ochkolardan maxrum bo'ldik. Bugungi o'yin oldidan shogirdlarimga navbatda qolgan ikki turda zafar qozonsak, muxlislar oldida aybimizni yuvishimiz mumkinligini takidladim. "Lokomotiv" Namanganda g'aalab qozondi, biroq futbolda xamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Futbolchilar o'z kuchlariga ishonch bilan maydonga chiqishsa, kerakli natijaga erishsa bo'ladi. Nodir Ashurmatov bugun bir nechta vaziyatlarda "Navbahor"ni gollardan saqlab qoldi. To'g'ri, Oliy ligadagi birinchi o'yini ekanligi sezilib turdi, lekin "SHo'rtan"ning juda chiroyli kiritilgan birinchi goli futbol atamasi bilan aytganda "olib bo'lmaydi"gan tarzda urildi. Ikkinchi o'tkazib yuborilgan gol himoyachilarimiz xatosidan so'ng sodir bo'ldi. Bir o'yinga qarab Nodirga baxo berish qiyin. Bugun uning familiyasi asosiy tarkibga kiritilishida rol o'ynagani yo'q. Xo'jaev va Ashurmatovlarning ikkisidan kim kuchli bo'lsa ilk daqiqalardan maydonga tushiriladi. Bugun Nodir yomon tassurot qoldirmadi. "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvda ham u maydonga tushishi mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика