So’nggi yangiliklar

18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  0 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  2 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22

"Navbahor": SHevchenko ketdi, Karimov mashg'ulotga qo'shildi Yangiliklar

"Navbahor": SHevchenko ketdi, Karimov mashg'ulotga qo'shildi

Teglar :  Navbahor
Jamoa azolari bugunga rejalashtirilgan mashg'ulotlarni yakuniga etkazishdi.

Ertalabki mashg'ulot “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasi maydonida o'tkazilgan bo'lsa kechki payt futbolchilar trenajyor zalida shug'ullanishdi. SHu o'rinda bugungi mashg'ulotlarga yangi o'yinchilarni qo'shilganligini aytib o'tish joiz. Tajribali himoyachilardan biri Xayrullo Karimov Toshkentdagi yig'in boshlangach, jamoamiz bilan deyarli birga bo'lsada mashg'ulotlarda qatnashmayotgandi. Bugundan Karimov ham “Navbahor” safida shug'ullanishni boshladi. SHuningdek, jamoamiz tarkibiga oldingi mavsumlarni Qarshining “Nasaf” klubida o'tkazgan darvozabon Alibek Turobov ham qo'shildi. 1993 yilda tug'ilgan ushbu posbon hozircha ko'rikdan o'tmoqda. Bundan bir necha kun oldin murabbiylar shtabidan o'rin olgan Mikola SHevchenko ayni paytda jamoamiz bilan birga emas. Ushbu mutaxassis sog'lig'i bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli “Navbahor”da faoliyat olib bormaydigan bo'ldi. 2015 yilgi mavsum so'nggida SHevchenko ko'zini operaciya qildirgach “Metallurg” bilan xayrlashgandi. Oradan malum vaqt o'tgach murabbiyni sog'lig'i yana bezovta qilganligi sababli “Navbahor” lagerini tark etdi. Bugungi mashg'ulot chog'ida tarkibda yana bir yo'qotish bo'lganligini aytib o'tish joiz. Yarim himoyachi G'ayrat Jo'raev jarohat olib yana malum muddatga safdan chiqdi. Yodingizda bo'lsa Jo'raev og'ir jarohatdan keyin o'zining avvalgi sport  formasini tiklayotgandi. Futbolchini oyoq suyagi dars ketganligi bois unga gips qo'yildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика