So’nggi yangiliklar

11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  0 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  0 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  2 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  1 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  3 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  16 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  8 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  8 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13

"Navbahor" - "Qizilqum" o'yinida futbolning ustidan kulishdimi?! Yangiliklar

"Navbahor" - "Qizilqum" o'yinida futbolning ustidan kulishdimi?!

Kecha Coca Cola Superligasi 19-tur doirasida "Navbahor" - "Qizilqum" bahsi bo'lib o'tdi.

Bir qarashda uchrashuv bir tekisda ketayotgan edi. Ammo, 85-daqiqada bosh hakam birgina qarori bilan hammayoqni "yondirdi".

VIDEO  Nikola Lazarevich "Navbahor" muxlislariga: "Sizlar butun mavsum davomida jamoangizni tortib yurgan ayrim kimsalarning yordamidan ko'ra ancha yaxshirog'iga loyiqsizlar"

Navoiyliklar himoyachisi Azizbek Usmonov o'ng qanotdan to'pni havolatib mezbonlar jarima maydonchasiga uzatdi. Ichkarida esa to'p uchun "Qizilqum" hujumchisi Orifxo'ja Abduxoliqov hamda "Navbahor" yarim himoyachisi Azim Ahmedov kurash olib borishdi. Yakunda Abduxoliqov to'pga bosh bilan zarba berdi, darvoza tomon ketayotgan to'p esa Ahmedovning qo'liga tegib yo'nalishini keskin o'zgartirdi. Voqelik aynan shunday bo'ldi.

Bu vaziyat bo'yicha hamkasbim Faxriddin ham ayrim mutaxassislardan fikr olib chop etdi.

Namanganda penalti bormidi?

Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov hujumchi havoga sakraguncha Azimga qo'pollik ishlatdi deb hisobladi va hatto VARni ko'rib ham fikrini o'zgartirmadi. SHu joyida Mirjalol Qosimovning gaplarini esladim. AGMK ustozidan kurashli vaziyatlar haqida matbuot anjumanlarida ko'p bor savol berganmiz va odatda shunday javob beradi murabbiy: "Futbol o'z-o'zidan kurashni talab qiladi. Bu shaxmat emas". Darhaqiqat, bu havodagi odatiy kurash va shaxsan men hech qanday o'yin qoidasi buzilishini ko'rmadim. Kecha "Championat.asia" saytining hakamlik bo'yicha eksperti Ilya Oblomov ham "Navbahor" va "Qizilqum" uchrashuvidagi vaziyatga munosabatini bildirdi.

"Bosh hakam bu vaziyatda penalti belgilamagani g'alati. Birinchidan, qo'l tabiiy holatda emas. Ikkinchidan, qo'lning to'pga harakati aniq ko'rinmoqda. Penalti belgilash va himoyachiga sariq kartochka ko'rsatish kerak edi. Agar hakam hujumchi tomonidan o'yin qoidasi buzildi deb topgan bo'lsa, bu havodagi normal kurash edi. Aniq turtish yo'q, qoidabuzarlik alomatlari ham yo'q".


Ko'rib turganingizdek, mutaxassis hammasini aniq-tiniq qilib izohlagan. Bu aynan havodagi normal kurash edi. To'p esa darvoza tomon ketayapti, yani ehtimoliy gol bor bo'lgan epizod. Darvoza tomon ketayotgan to'p Azim Ahmedovning qo'liga tegib umuman boshqa tomonga ketyapti. Bunday vaziyatda har qanaqasiga penalti belgilanishi kerak. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Bu 100 foizlik penalti. Lekin, bosh hakam VARdan keyin ham 11 metrlik belgilamaganidan juda ajablandim. Bu endi xato emas, agar o'yinda VAR bo'lmay shunday xato qilinganda shaxsan o'zim ham buni tabiiy qabul qilardim va hammada uchrashi mumkin bo'lgan xato deb atardim, ehtimol. Lekin, bu bahsda VAR bor edi. Bilmadim, bu futbolni ustidan kulishmi yoki qo'pol xato?


Bosh hakam butun uchrashuvni yaxshi boshqarishi mumkin, ammo birgina epizod bilan hamma mehnatini ostun-ustun ham qilib yuborishi ehtimoli yuqori. Kecha shunday bo'ldi. 84-daqiqagacha bo'lgan vaqtda hakamga hech qanday etiroz bo'lmadi, ammo birgina epizod va...

Abdurashid bugungi kungacha Superligada kecha bellashuv bilan birga 4ta o'yinda bosh hakam bo'lib ishlagan. Yani, shu kungacha Superligada bor yo'g'i 3 uchrashuvni boshqargan. CHempionlik uchun kurashayotgan ikki klub o'rtasidagi muhim to'qnashuv tajribasiz hakamga ishonib topshirildi. Hakamlar markazi bunga izoh berishi kerak. SHunday o'yinlarda pishadi degan javob yangrashi ehtimoli yuqori. Ammo, bunday katta va muhim o'yinga etarlicha tajriba to'plab keyin kelinadi. Hakamlar futbolchi emas, xato qilsa boshqa sheriklari xatosini yopib ketaveradigan. Bo'lib ham bosh hakam.

Hamkamlar markazi ushbu vaziyat ko'rib chiqilishini malum qildi. Ulardan rasmiy munosabatni kutib qolamiz. O'zingizni ehtiyot qiling, asabingiz qolganlarga emas, sizga kerak.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика