So’nggi yangiliklar

23:19Бир-икки, бир-икки...  2 23:17"Реал" — "Бетис". Таркиблар маълум  1 23:13"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 23:09"Бешиктош" — "Сивасспор". Турғунбоев асосий таркибдами?  0 22:50"Ювентус" — "Рома". Шомуродов таркибдами?  5 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  12 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  2 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  65 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1 20:00"Ланс" сўнгги дақиқаларда гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди. Ҳусанов тўлиқ ҳаракат қилди  12 19:40АПЛ. "Челси" ўз уйида "Кристал Пэлас"ни енголмади, "Тоттенхэм" эса сафарда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  7

"Navbahor" o'z maydonidagi mavsumning so'ngi uchrashuvida mag'lub bo'ldi (batafsil sharh) Yangiliklar

"Navbahor" o'z maydonidagi mavsumning so'ngi uchrashuvida mag'lub bo'ldi (batafsil sharh)

Kecha Coca Cola Superligasining 25-turida "Navbahor" o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qildi.

So'ngi tur uchrashuvlari bir xil vaqtda o'tkazilishi belgilab qo'yilganligi tufayli mazkur bahs doimgilaridan bir oz ertaroq boshlandi. Havo bir sovuq bo'lishiga qaramasdan "Navbahor"ning joriy mavsumda o'z maydonidagi so'ngi uchrashuvida ko'plab futbol ixlosmandlari Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohga tashrif buyurib, 12-raqamli o'yinchi sifatida sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlab turdilar.


Uchrashuvning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida o'tdi. Dastlabki 45 daqiqalikda har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasiga gol kiritish uchun imkoniyatga ega bo'lgan bo'lsalarda, birinchi bo'limda hisob ochilmadi.


Tanaffus paytida "Navbahor" ayollar jamoa va Namangan viloyat bolalar - o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limini "Lokomotiv" jamoasi vakillari juda faol boshladilar. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq hujumga otlangan mehmonlar bir necha bor "Navbahor" jarima maydoni yaqinida xavfli vaziyatlar sodir etdilar. Ana shunday hujumlarning birida, aniqrog'i uchrashuvning 59-daqiqasida Arslanmirat Amanov tomonidan etkazib berilgan to'pni temiryo'lchilarning 10-raqamli futbolchisi Sardor Mirzaev boshi bilan ajoyib tarzda to'pni darvozaga yo'llab hisobni ochdi. SHundan so'ng ham mehmonlar "Navbahor" darvozasini yana bir bor ishg'ol etish maqsadida ketma-ket hujumlar tashkil etdilar. Uchrashuvning 65-daqiqasida mehmonlarning tajribali futbolchisi Oleg Zoteev "Navbahor" posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq uning yakuniy zarbasi noaniq ko'rinish hosil qildi.

Nihoyat 80-daqiqaga kelib mezbonlarda ham “Lokomotiv" darvozasini ishg'ol etish uchun ikkinchi bo'limdagi birinchi qulay imkoniyat yuzaga keldi. Bu vaziyatda tajribali Aziz Ibragimovning zarbasidan keyin to'pni mehmonlar himoyachisi darvoza chizig'i ustidan qaytarib qolishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim to'laligicha "Lokomotiv" vakillari ustunligi ostida o'tdi deyish mumkin. Sababi mezbonlarning tanaffusdan so'ng maydonda namoyish etgan o'yinlaridan uchrashuvni maydonda kuzatib borayotgan ko'pchilik futbol muxlislari qoniqish hosil qilmadilar. Bilasizmi ikkinchi bo'lim davomida "Navbahor" vakillari tomonidan mehmonlar darvozasiga gol kiritish uchun uchun atigi bir marta to'g'ri zarba yo'llagan bo'lsalar, unga ish topilmaganidan sovuqda zerikib olgan mehmonlar posboni Ignatiy Nesterov muxlislar bilan salomlashishga vaqt topa oldi.

Uchrashuvning so'ngi daqiqalariga kelib mezbon jamoa futbolchilari hujumkorlikni oshirdilar. Uchrashuvning 89-daqiqasida "Navbahor"ning legioner futbolchisi Ivan Solovevning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish hosil qildi.

Uchrashuv shu tariqa "Lokomotiv" jamoasining kichik hisobdagi g'alabasi bilan tugadi.

SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrab, Namangandagi Coca Cola Cuperligasining joriy mavsumdagi bahslari rasman yakuniga etdi.


Doimgidek uchrashuv yakunlangandan so'ng jurnalistlar ishtirokida har ikki jamoa bosh murabbiylari bilan matbuot anjumani tashkil etildi. Dastlab "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi. Etiborlisi, matbuot anjumanida temiryo'lchilar ustozi kelajakda "Navbahor" futbol klubida mehnat faoliyatini amalga oshirish azaliy orzusi ekanligini takidladi.



Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, kelasi mavsumda "Navbahor" tarkibiga jalb etilishi rejalashtirilyotgan futbolchilar haqida o'z qarashlarini bayon etdi. "Navbahor" bosh murabbiyi jamoa yangi mavsumda to'laligicha qaytadan tashkil etilishi va kuchli uchlikdan joy olish uchun harakat qilishini, chempionlik va Osiyo chempionlar ligasi uchun raqobatga kirishishini aytib o'tdi.



SHu tariqa Namangan "Markaziy" o'yingohida kechgan uchrashuvda "Lokomotiv" safardan 3 ochko bilan qaytadigan bo'ldi.


Coca Cola Cuperliga.
25-tur.
“Navbahor” – “Lokomotiv” 0:1 (0:0)
Namangan shahri. “Markaziy” o'yingoh. 5435 tomoshabin
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.
Komissar: SHerzod Rajabov.
Gol: Sardor Mirzaev, 59 (0:1)

“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 4. Aziz Ibragimov, 8. SHahzod SHaymanov, 9. Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg'unboev, 15. Obid Jo'raboev, 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban (s), 55. G'iyosjon Komilov, 70. Abbosjon G'ulomov, 99. Amirbek Jo'raboev.
Zaxira: 23. Dilshod Hamroev, 5. Slavko Lukich, 29. Hojiakbar Yunusov, 32. Jahongir Mehmonov, 34. Komiljon Tojiddinov, 77. Ayubxon Nomanov,91.SHerzod Hakimov, 95. Nodir Mavlonov, 96. Ilhomjon Aliboev.

“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov (s), 5. Anzur Ismoilov, 6. Oston O'runov, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Sardor Mirzaev, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 23. Yovan Jokich, 24. Davron Hoshimov, 33. Oleg Zoteev, 71. Arslanmurat Amanov, 77. Diyorjon Turopov.
Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 35. Javohir Ilyosov, 4. SHerzod Karimov, 15. Javohir Sohibov, 18. Ibrohim G'anixonov, 19. Avazbek O'lmasaliev, 21. Javohir Esonqulov, 22.Smit Medina, 52. Jaloliddin Jumaboev.


Bekzod Tolibov tayyorladi



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика