"Navbahor" OCHLga tayyorgarlik doirasida Turkiyaga yo'l oldi
04 jan 19:53
Yangiliklar
"Navbahor" OCHLga tayyorgarlik doirasida Turkiyaga yo'l oldi
Namangan jamoasi fevral oyida Benzema o'ynaydigan jamoaga qarshi maydonga tushadi.
Namanganning "Navbahor" klubi Osiyo CHempionlar ligasi pley-off bosqichiga tayyorgarlik doirasida Toshkent–Antaliya aviayo'nalishi bo'yicha Turkiyaga jo'nab ketishdi. O'quv-mashg'ulot yig'ini Turkiyaning Antaliya shahrida olib boriladi va mazkur yig'in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.
Klub tarkibidagi bir qator etakchilar Osiyo kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga jalb etilgan.
Eslatib o'tamiz, "lochinlar" qita turnirining nimchorak finalida "Al Ittihod"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar