"Navbahor" OCHLga tayyorgarlik doirasida Turkiyaga yo'l oldi

Оқил Абдубарноев
4 yanv 2024, 19:53
Namangan jamoasi fevral oyida Benzema o'ynaydigan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Namanganning "Navbahor" klubi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga tayyorgarlik doirasida Toshkent–Antaliya aviayo'nalishi bo'yicha Turkiyaga jo'nab ketishdi. O'quv-mashg'ulot yig'ini Turkiyaning Antaliya shahrida olib  boriladi va mazkur yig'in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazish ham rejalashtirilgan.

Klub tarkibidagi bir qator yetakchilar Osiyo kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga jalb etilgan.

Eslatib o'tamiz, "lochinlar" qita turnirining nimchorak finalida "Al Ittihod"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати