So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   0 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

“Navbahor” – “Neftchi”: O'zaro 51-o'yin arafasida Yangiliklar

“Navbahor” – “Neftchi”: O'zaro 51-o'yin arafasida

Teglar :  NavbahorNeftchi
Vodiyning ikki nomdor jamoalari Namanganning “Navbahor” hamda Farg'onaning “Neftchi” jamoalari Oliy liganing 3-turiga kelib mavsumdagi ilk “Vodiy derbisi”da to'qnash kelishmoqda.

Mavsumlar oralig'ida tarkibni kuchaytirgan va yangi mavsumda o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan bu ikki klubning galdagi bellashuvi ham qizg'in tus olishi aniq. SHuningdek raqiblar tarkibida bir qator sobiq jamoadoshlar shu kuni bir-birlariga qarshi maydonga saf tortishadi. Bu ham o'ziga hos qizg'in raqobatni yuzaga keltiradi. O'z vaqtida “Neftchi”ning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri bo'lgan Mansur Saidov, bir-necha yillar davomida o'zining himoyadagi ishonchli o'yinlari bilan tanilgan Jahongir Mehmonov hamda o'tgan mavsum Farg'onada o'tkazgan Alisher Samatov 16 mart kuni sobiq jamoalariga qarshi to'p tepishadi. Bunday misollarni “Neftchi” safida ham ko'rishimiz mumkin. Oliy liga-2016da namanganliklar safida porlagan tezkor yarim himoyachi Akram Bahriddinov 3-turda o'z viloyatdoshlari bilan bellashadi.

Oliy ligada uzoq yillardan beri ishtirok etib kelayotgan “Navbahor” hamda “Neftchi” klublari shu kunga qadar 50 uchrashuvlik dovondan o'tishga ham ulgurishdi. 16 mart sanasida “Navbahor” – “Neftchi” raqobatining 51-bahsiga guvohi bo'lish imkoniyatiga egamiz. O'zaro o'yinlar statistikasi farg'onaliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Neftchi” so'nggi 50 o'yin ichida 25 marta Namangan jamoasidan ustun kelgan. 12 o'yinda tomonlar do'stlik ko'chasini tanlashgan. 13 ta uchrashuvda esa namanganliklarning qo'li baland kelgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 75 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Lochinlar” esa 50 bor gol kiritishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 87 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Navbahor” hisobida 51 ochko mavjud. “Navbahor”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 bo'lib turibdi. “Neftchi”ning yirik g'alabasi esa – 4:1.

Derbi maqomiga ega bahslar doim yuqori qiziqishga sabab bo'lib kelgan. Bu safargi to'qnashuv ham bundan mustasno emas. SHunday ekan barcha futbol ishqibozlarini 16 mart kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tadigan o'yinga chorlab qolamiz. Bellashuv soat 17:00da start oladi.

“Neftchi” matbuot xizmati


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика