So’nggi yangiliklar

22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  4 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  12 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23

"Navbahor": Navbat poytaxt yig'iniga Yangiliklar

"Navbahor": Navbat poytaxt yig'iniga

Rejaga ko'ra jamoamiz bugun “Andijon” jamoasi bilan nazorat o'yinida maydonga tushdi.
Uchrashuvda bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov jamoa yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilarni amalda nimalarga qodir ekanliklarini bilib olishni maqsad qilgandi. SHu sababdan bo'limlardagi tarkiblar ikki xil ko'rinishga ega bo'ldi. Aynan uchrashuvdan kelib chiqqan holda jamoada qoladigan o'yinchilar taqdiriga oydinlik kiritiladi. O'yin xususida to'xtaladigan bo'lsak, “Andijon” jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi bo'limda Doniyor Usmonov darvozasiga ikkita to'p kiritgan mezbonlar tanaffusdan keyin yana bir bor muvaffaqiyat qozonishdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan yoshlarimiz esa ikkita gol urishga erishdilar. Gollarga Omon-Biik Halilov hamda Muhammad Rasulovlar mualliflik qilishdi.

Uchrashuvda “Navbahor” tarkibi quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi:

Birinchi bo'lim: Doniyor Usmonov, Ahrol Risqullaev, Azizbek G'ulomxo'jaev, Mahsud Hayitov, Rahmatillo Berdimurodov, Azim Ahmedov, Robbim Hasanov, Otabek Valijonov, Sobir Hamidov, Sohib Abdullaev, Ayubxon G'apparov.
Ikkinchi bo'lim: Xurshid Xo'jaev, Botir To'raboev, Muhammad Rasulov, Akbarsho Rashidxonov, Sardor Asqarov, Islom Ismoilov, Mirzohid Sobirov, Omon-Biik Halilov, Oyatullo Muhiddinov, Durbek Umaraliev, Abdumalik Abdullaev.
“Andijon” tarkibi esa quyidagicha ko'rinishga ega bo'ldi: Muhiddin Hudoyorov, Vusol Magerramov, Davron Tursunov, Asror Rahmonov, Timur Sultonov, Bekzod G'oziev, Alisher To'xtasinov, Rasul Rahmonov, Bahrom Abdurahimov, Lochin Soliev, Ibrohim Otaxonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sergey Smorodin, Rahim Qodirov, Nikita Pavlenko, Omad Toyloqov, Nizom Norov.

Mezbonlarning gollariga Rasul Rahmonov (2 ta) va Omad Toyloqovlar mualliflik qilishdi.

Ilhom Boydedaev, Qahramon Mahammadjonov, Islom Jo'raev va Azam Alievlarda jarohat borligi sababli “Andijon”ga qarshi o'yinda ishtirok eta olishmadi. Yanvar oyi boshlarida “Oq-tepa” jamoasidan taklif etilgan Azamat Mamadjanov va ko'rikda bo'lgan bir qator yoshlarga esa javob berilgan. Jamoamiz azolari ertaga engil mashg'ulot o'tkazishadi. SHundan so'ng futbolchilarga ikki kunlik tatil elon qilinadi.

22 yanvardan esa mashg'ulotlar Toshkentda davom ettiriladi. Poytaxt yig'inida o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish rejalashtirilgan. Futbolchilarimiz 29 yanvarda Bekobodning “Metallurg” klubi, 2 fevralda esa Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. SHuningdek, “Navbahor” 5 fevralda start oladigan PFL kubogida ham ishtirok etadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика