So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

"Navbahor": "Metallurg" mehmonda mag'lub etildi Yangiliklar

"Navbahor": "Metallurg" mehmonda mag'lub etildi

Teglar :  NavbahorMetallurg
Bugun Oliy liga 17- tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda "Navbahor" Bekobodning "Metallurg" klubini mehmonda 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Keyingi turda Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan kechadigan "vodiy derbisi" oldidan "lochinlar" yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko'radigan bo'lishdi.
Birinchi bo'limda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari standar vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochishdi. 14- daqiqada Tohir SHamsiddinovning qanotdan oshirgan to'pini Erkinov darvozaga yo'lladi. Zafar Safoev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Alisher Mahmudov burchak zarbasini o'yinga kiritgach yordamga etib kelgan Qahramon Mahamadjonov gol muallifiga aylandi. Tabiiyki, mezbonlar vaziyatni o'nglash uchun hujumkorlikni bundan so'ng oshirishdi. Futbolchilarimiz qarshi hujum uchun imkon poylashmdi. Tanaffusga qadar Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi "Metallurg"da ikkita qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin, Akmal Ortiqov va himoyachilarimiz gol bo'lishiga imkon berishmadi. Taym oxirldarida shuningdek Erkinov raqib himoyachilarining sovg'asidan foydalana olmaganini etirof etish joiz. Xullas, birinchi bo'lim jamoamizning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.


Ikkinchi bo'lim boshida futbolchilarimiz hisobni 0:2 ko'rinishga keltirishdi. Bobur Akbarov uzatgan to'pni Dilshod Jabborov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Safoev zarbani qaytarishga ojizlik qildi. SHundan so'ng mezbonlar hujumkorlikni oshirishdi. Xatto raqib ikkita xavfli hujum ham tashkil qildi. Ammo darvozabonimiz va himoyachilar hujumlarni bartaraf etib turishdi. SHunday bo'lsada 75- daqiqaga kelib SHahzod Nurmatov hisobni qisqartirishni uddasidan chiqdi. Burchakdan amalga oshirilgan jarimadan keyin Nurmatov gol urdi. Natijada maydon egalari yana katta kuch bilan oldinga o'tishga urunishdi. Ammo, jamoamiz to'purari SHahboz Erkinov oradan biroz o'tgach 17 metrlardan aniq zarba yo'llab hisobni 1:3 ko'rinishga keltirdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda SHahzod Nurmatov yana hisobni qisqartirishga erishdi. Ammo, hisobni tenglashtirish uchun bekobodliklarga vaqt etmadi. SHu tariqa "Navbahor" navbatdagi safar uchrashuvida 3 ochko bilan ortga qaytdi. Avvalgi turda "lochinlar" Muborakda "Mashal" mehmoni bilan durang qayd etishgandi. Etiborlisi, "Metallurg" maydonida jamoamiz so'nggi bor 2010 yilda zafar qozongan. 5 yillik noxush ananaga Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari bu safar barham berishdi.

"Metallurg" - "Navbahor" 2:3 (0:1). 8 avgust. Bekobod.
Hakamlar: V. Ceytlin, M. Saidqosimov, T. Gaynulin, A. SHukurullaev.
Nazoratchi - G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili - V. Letkin.
"Metallurg": 91. Zafar Safoev, 4. Hikmat Hoshimov, 7. Doniyor Odilov (15. Alisher Ziyavuddinov, 46), 8. Ayubxon No'monov (25. Zohid Abdullaev, 71), 9. SHahzod Nurmatov, 13. Aleksandr Kovalyov, 19. Ruslan Vagapov, 20. Mirg'iyos Sulaymanov, 22. Murod Toshmatov, 77. Said Abdujabborov (6. Dilmurod Karimov, 46), 88. Javlon Mirabdullaev.
"Navbahor": 87. Akmal Ortiqov, 2. Alisher Samatov, 7. Sanat SHixov, 9. Ilhom Boydedaev (70. Alibobo Rahmatullaev, 70), 10. Alisher Mahmudov (21. Azam Aliev, 66), 22. SHahboz Erkinov (18. Davron Isoqov, 87), 26. Qahramon Mahamadjonov, 27. Robbim Hasanov, 29. Dilshod Jabborov, 33. Tohir SHamsitdinov, 89. Bobur Akbarov.
Gollar: SH. Nurmatov (75, 90+2) - Q. Mahammadjonov (14), D. Jabborov (54), SH. Erkinov (83).
Ogohlantirishlar: SH. Nurmatov (67) - I. Boydedaev (47), A. Ortiqov (67)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика