So’nggi yangiliklar

12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  1 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  2 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  9 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  15 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  2 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  1 00:17Шешко Каррингтонда  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34

“Navbahor” matbuot xizmati: "Paxtakor” bilan o'yinda ayrim madaniyatsizlarning stadiondagi qilmishlari barchasidan oshib tushdi" Yangiliklar

“Navbahor” matbuot xizmati: "Paxtakor” bilan o'yinda ayrim madaniyatsizlarning stadiondagi qilmishlari barchasidan oshib tushdi"

Teglar :  NavbahorMuxlislar
Superliga 23-turidan o'rin olgan “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi.

O'z navbatida har ikki tomon futbolchilari ham maydonda chiroyli o'yin namoyish etib berishdi. SHu kuni Namangandagi “Markaziy” o'yingoh chempionlik uchun kurashayotgan klublarning o'zaro qarama-qarshiligini bevosita tomosha qilishni istagan muxlislar bilan to'lib toshdi. Keskin va murosasiz ruhda o'tgan bahsda ishqibozlar zavq olishdi, desak xato bo'lmaydi. Lekin sholi kurmaksiz bo'lmaganidek, ayrim madaniyatsiz muxlislarning amalga oshirgan xatti-harakatlari ko'ngillarni xira qildi.

Barchaga malumki, joriy yilgi mavsumda “Navbahor” jamoasi ancha ishonchli o'yinlar ko'rsatib kelmoqda. Bu hol minglab namanganlik muxlislarning kayfiyatlariga ijobiy tomondan tasir qilmoqda, desak xato bo'lmaydi. Ular Namangandagi uchrashuvlarda o'yingohni deyarli har bir turda to'ldirishmoqda. Bir qator klublar uy uchrashuvlari uchun kirishni bepul qilib qo'ysada, o'yingohni to'ldira olmayotgan bir pallada namanganliklar qanday holat bo'lishidan qatiy nazar, o'yingohga oshiqishlari har qanday tahsinga loyiq. Lekin ayrim madaniyatsiz muxlislar tomonidan yo'l qo'yilayotgan holatlar mamlakatda eng yaxshi muxlislar nomini olishga ulgurgan namanganliklarga dog' bo'lmoqda.

“Paxtakor” jamoasiga  qarshi kechgan uchrashuvda ayrim madaniyatsizlarning o'yingohdagi qilmishlari barchasidan oshib tushdi. Hakamning qaroridan norozi bo'lgan ishqibozlarning xatti-harakatlarini oqlab bo'lmaydi.

15 sentyabr kuni Namangan viloyat futbol associaciyasi, “Navbahor” futbol klubi rahbariyati, xodimlari va muxlislar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Mazkur yig'ilishda bo'lib o'tgan holat tahlil qilindi. Tartibni buzgan 27 nafar muxlis aniqlanib, ularga tegishli choralar ko'rildi. Yani o'sha ishqibozlarni yil oxiriga qadar Namangandagi “Markaziy” o'yingohga kirishlari cheklandi. Bu kabi tezkor yig'ilishlar oldinlari deyarli bo'lmagan. Bu kabi holat yuzasini o'rganib chiqib, tegishli choralar qo'llanganligini ko'pchilik eslolmasa ham kerak. Bir so'z bilan aytganda, Namangan viloyat futbol associaciyasi va “Navbahor” futbol klubi tartib-intizomga rioya qilmaydigan muxlislar bilan jiddiy tarzda shug'ullanishni boshladi. Bu hol esa o'zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz. Har holda bundan buyog'iga har qanday muxlis ham o'yin paytida tartibga bo'ysunishga harakat qiladi. Umuman olganda yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan “Navbahor” klubga moddiy tomondan zarar keltiradigan tartibsiz muxlislarning qo'llab-quvvatlashiga qarab qolgan emas. Madaniyatsizligini namoyish qilgan 27 nafar ishqibozning o'rnini har qanday vaziyatda futbolni yaxshi tushuna oladigan va vaziyatlarga xolis baho bera oladigan undan ko'proq muxlis egallashi mumkin. SHunday ekan, “Navbahor” futbol klubi Namangan xalqi nomiga dog' tushiradigan muxlislarga qarshi ayovsiz tarzda kurashishga bel bog'lagan.

Kuni-kecha PFL tomonidan “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ro'y bergan holat yuzasidan “Navbahor” futbol klubi 25 million so'm miqdorida jarimaga tortildi. Ayni paytda ko'pchilikni “CHempionlik uchun kurashda “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi grand klublarga qarshilik ko'rsatib, chempionatga keskinlik hamda shiddat kiritayotgan “Navbahor” jamoasini jarimaga loyiqmidi?” - degan savol qiynamoqda.

Xulosa esa o'zingizdan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика