So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

"Navbahor" matbuot anjumanida O'zbekiston - Eron o'yini haqida savol berishdi Yangiliklar

"Navbahor" matbuot anjumanida O'zbekiston - Eron o'yini haqida savol berishdi

"Nassaji" hamda "Navbahor" o'rtasidagi OCHL guruh bosqichi 2-tur o'yinidan (1:3) so'ng mehmon jamoa ustozi Samvel Babayan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Oston O'runov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Samvel Babayan: "Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Sifatli o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ushbu g'alaba bizga keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi".

- Guruhingizda qaysi jamoa keyingi bosqichga chiqadi deb o'ylaysiz?

- Keyingi bosqich? Boshidan guruhda "Al Hilol" etakchi, qolgan jamoalarda imkoniyat bir xil deb aytgandim. Ayni damda 10 ochko yig'a oldik va "Al Hilol" singari keyingi bosqichga yo'l olish uchun ajoyib imkoniyatga egamiz.

Oston O'runov: "Assalomu alaykum, ushbu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Eronga faqat uch ochko maqsadida tashrif buyurdik va maqsadimizga erishdik".

- 4ta bahsda 10 ochko to'pladingiz, bu juda zo'r natija. SHunday bo'lishini kutganmidingiz?

- Guruhimizda yaxshi jamoalar yig'ilgan. Bugun g'alaba qozondik, ammo bu osonlikcha sodir bo'lmadi. Bizning kvartetdagi klublarda yaxshi murabbiy va futbolchilar jam bo'lishgan.

- O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralashi ikkinchi bosqichida Eron bilan o'ynaydi. Bu haqida nima deya olasiz?

Oston O'runov: - Xudo xohlasa, Eronga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика