So’nggi yangiliklar

14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  3 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  1 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2

"Navbahor" - "Mashal". Uchrashuvdan oldingi qiziqarli faktlar Yangiliklar

"Navbahor" - "Mashal". Uchrashuvdan oldingi qiziqarli faktlar

Teglar :  MashalNavbahor
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Mashal" uchrashuvidan oldin "lochinlar" matbuot xizmati qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

O'tgan turda musobaqa jadvalining peshqadami (“Dinamo”)ni safarda mag'lub etgan “Navbahor” bugun “Mashal”ni o'z maydonida qabul qiladi.

O'zbekiston chempionatining ushbu mavsumida Muborakliklar “Dinamo” bilan birga eng kam gol o'tkazib yuborgan (1 dona) klub bo'lib turishibdi. “Gazchilar” darvozasini Marat Bikmaev ishg'ol qilgan xolos.

Xuddi “Navbahor” kabi “Mashal” tarkibida ham O'zbekiston chempionatining joriy mavsumida bittadan ortiq gol urgan o'yinchi hozircha yo'q.

Hozircha “Mashal” safarda gol o'tkazmagan. Bunday ko'rsatgich bilan shuningdek “Dinamo” maqtana oladi xolos.

Muborakliklar o'tkazilgan 4 o'yinning uchtasini o'z maydonida o'tkazganini qo'shimcha qilish lozim. SHu bois jamoa mehmondagi o'yinlarda 100 foizli ko'rsatgich qayd etmoqda.

“Navbahor” har bir o'yinda gol urishni uddalamoqda. “Mashal” esa birinchi turda “Lokomotiv” darvozasiga yo'l topa olmagan.

Ketma-ket 3 o'yindan buyon “Mashal” o'z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda. “Gazchilar” darvozaboni Javohir Ilyosov 298 daqiqadan buyon “quruq seriya”ni namoyish etmoqda. Bu joriy mavsumda hozircha rekord.



O'tgan turda maydondan chetlatilgan yarim himoyachimiz Oybek Qilichev bugun jamoamizga yordam bera olmaydi.

Bugungi uchrashuvni andijonlik Temurbek To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

To'xtasinov Oliy liganing amaldagi mavsumida bir o'yinda (2- tur, “Nasaf” – “Buxoro” 2:1) ishlagan xolos.

Bugun sobiq futbolchilarimiz darvozabon Botir Nosirov va o'tgan mavsumning birinchi yarmini "lochinlar" safida o'tkazgan ukrainalik yarim himoyachi Vladislav Pavlenko "Navbahor"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Yarim himoyachimiz Mirzohid G'ofurov va markaziy himoyachimiz G'iyos Komilov katta extimol bilan sobiq jamoalari "Mashal"ga qarshi maydonga tushishadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика