"Navbahor" ko'rigidagi futbolchi Serbiya terma jamoasiga chaqirildi, ammo...
13 jan 2021 21:58
Yangiliklar


"Navbahor" ko'rigidagi futbolchi Serbiya terma jamoasiga chaqirildi, ammo...
Xabaringiz bor, kecha "Navbahor" mashg'ulotiga ikki nafar serbiyalik futbolchi qo'shilishgani haqida xabar berilgandi.
Ulardan biri, yani tajribali yarim himoyachi Marko Putinkanin Serbiya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
"Bilishimizcha, Markoga Serbiya terma jamoasi murabbiyi qo'ng'iroq qilib, bosh jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'iniga chaqirgan. Ammo Putinkanin chaqiruv uchun minnatdorchilik bildirib, ayni paytda yangi jamoada (yani, “Navbahor”da) ko'rikdan o'tayotganligni aytib, bo'lajak yig'inga borish uchun samolyotda uzoq vaqt parvoz qilish lozimligi, shuningdek, yig'in ancha vaqt davom etishini takidlab, buning uchun uzr so'ragan holda, yig'inda ishtirok eta olmasligini bildirgan", deb yoziladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar
11:20
"Pink Ladies Cup 2025". O'zbekiston ayollar terma jamoasining turnirdagi uchrashuvlar taqvimi malum 2

Fikrlar