So’nggi yangiliklar

05:08"Ал Ҳилол" пешқадам бўлишига қарамай, аутсайдер билан баҳсда очко йўқотди  0 04:00А Серия. "Рома" ва "Милан" ўртасидаги баҳсда ғолиб аниқланмади  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  25 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  13 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  32 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  17 21:30"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  96 21:23"Сурхон" голларга бой баҳсда Россия клубини мағлуб этди  10 21:12АПЛ. "Челси" топ-4га қайтди, "Астон Вилла" эса "Ньюкасл"ни сафарда мағлуб этди  4 20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  23 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  4 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  33 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  12

"Navbahor": Yig'in boshlandi Yangiliklar

"Navbahor": Yig'in boshlandi

Rejaga ko'ra bugun jamoamiz navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Kunning ikkinchi yarmida jamoamiz azolari Namanganga etib kelib, dastlabki mashg'ulotni o'tkazishga ulgurishdi. Bugungi mashg'ulot “Navbahor” markaziy o'yingohida o'tkazildi.

Barchaga malumki, qishki yig'inlar davomida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga qaratiladi. SHu sababli, jamoamiz azolari dastlabki kungi mashg'ulot chog'ida asosan jismoniy quvvatni tiklashga qaratilgan mashqlarni bajarishdi. Mashg'ulotlarga bugun ertalab, Namanganga etib kelgan bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovning o'zi boshchilik qildi. Futbolchilarimiz ertaga ham bir mahal shug'ullanishadi. Keyingi kungi mashg'ulotlarni esa kuniga ikki mahaldan tashkil qilish rejalashtirilgan.

Tarkib xususida to'xtaladigan bo'lsak, yakuniga etgan mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilarning deyarli barchasi yig'inni o'tkazish uchun Namanganga etib kelishdi. 2014 yilgi mavsumni G'uzorning “SHo'rtan” klubida ijara asosida o'tkazgan himoyachi Qahramon Mahammadjanov ham tarkibga qo'shildi.

Bundan tashqari jamoa yoshlari safida o'zlarini ko'rsatishga ulgurgan bir guruh yoshlar ham ayni paytda asosiy tarkib mashg'ulotlarida qatnashishmoqda. Boshqa jamoalar safiga qo'shilishi taxmin qilingan futbolchilarimizni ham bugun Namanganga etib kelganliklarini etirof etish joiz. Ertaga esa hujumchi SHahboz Erkinov va yarim himoyachi Elyor Jahonovlarni ham safga qo'shilishlari kutilmoqda. Quyida dastlabki kungi mashg'ulotda qatnashgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishish imkoniga ega bo'lasiz:

Xurshid Xo'jaev, Doniyor Usmonov, Islom Jo'raev, Rahmatillo Berdimurodov, Botir To'raboev, Qahramon Mahammadjonov, Omon-Biik Halilov, Akbar Sattaev, Robbim Hasanov, Akbarsho Rashidanov, Sardor Telyakov, Doniyor Inamov, Hojiakbar Yunusov, Dilshod Jabborov, Ilhom Boydedaev, Otabek Valijonov, G'ayrat Jo'raev, Alisher Maxmudov, Abdumalik Abdullaev, Azam Aliev, Muhammad Rasulov, Azim Ahmedov, Alisher Samatov, Mansur Saidov, Baxtiyor Yoqubov.

Jamoada yangiliklar ro'y berishi bilan muxlislarimizni saytimiz orqali xabardor qilib boramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика