So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:0 (матнли трансляция)  41 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

"Navbahor" ishtirokidagi o'yin sanasi o'zgardi Yangiliklar

"Navbahor" ishtirokidagi o'yin sanasi o'zgardi

Bu haqda O'zPFL bayonot bilan chiqdi.

Avvalroq "Dinamo" O'zbekiston kubogi finalida o'ynay olmasligi aniq bo'lgan "Paxtakor" klubining xalqaro maydondagi ishtirokidan kelib chiqib, Superliga o'yinini ko'chirish yuzasidan bergan taklifiga rozi bo'lgandi. Endilikda Vadim Abramov boshchilik qilayotgan jamoa kubok finaliga yo'l olgan "Navbahor" bilan kelishuvga erishdi. 

5 oktyabr kungi final oldidan "Navbahor" Superliganing 14-turidan qolib kelayotgan "Dinamo"ga qarshi uchrashuvni o'tkazish uchun 30 sentyabr kuni Samarqandga tashrif buyurishi kerak edi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi bo'lgan "Andijon" esa 25 sentyabr kuni o'z maydonida "Neftchi" klubini qabul qiladi. Liga taqvim shakllantirayotganda kubok finaliga kim yo'llanma olishi aniq bo'lmagan. Bunda "Surxon" va "Andijon" klublarining hamda "Navbahor" va "Paxtakor" klublarining finalga qadar bo'lgan yo'lida o'xshashlik mavjud edi (30 sentyabrda "Paxtakor" Elit CHempionlar ligasida, "Navbahor" Superliga qoldirilgan o'yinida ishtirok etishi belgilangandi). 

Final ishtirokchilari aniq bo'lgach, "Navbahor" "Dinamo" bilan bellashuv sanasini ikkinchi bor qayta o'zgartirishni so'radi (avvalroq klub kubok chorak finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" bilan o'yin oldidan "Dinamo"ga qarshi to'qnashuv sanasini ko'chirishni so'ragandi). Taqvimdagi zichlikdan kelib chiqib, Liga mazkur so'rovni qabul qilmadi. Bellashuvni ko'chirish imkoniyati u faqatgina FIFA kunlaridan birida o'tsagina mavjud edi. Natijada "Dinamo" va "Navbahor" oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o'ynashga kelishib oldi. Endilikda Samarqanddagi o'yin 12 oktyabr — shanba kuni bo'lib o'tadi. Terma jamoaga azo futbolchilarning Superliga 14-turidan qolib kelayotgan uchrashuvda ishtirok eta olmasligi har ikki klub tomonidan qabul qilindi. 

Liga final yoki xalqaro uchrashuvlari bor bo'lgan klublar taqvimini qulayroq qilish masalasiga u reglament talablariga zid bo'lmagani holda ruxsat etadi. Bu o'zgarishlar klublar ishini qulayroq qilish uchun bo'lib, bu bilan Liga yoki translyaciya huquqiga egalik qiluvchi kompaniya rejalarida katta o'zgarishlar kuzatilmaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика