"Navbahor": Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi
07 jan 2017 18:34
Yangiliklar
"Navbahor": Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi
Avval xabar berganimizdek, jamoamiz azolari bugun Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Tibbiy ko'rikdan o'tilganligi sababli futbolchilar kunning ikkinchi yarmida tashkil etilgan mashg'ulotda qatnashishdi. O'z navbatida tarkibga darvozabon Nodir Ashurmatov va G'ayrat Jo'raevlarni qo'shilganligini aytib o'tish joiz. Ashurmatov o'tgan mavsumda “Andijon” jamoasi darvozasini qo'riqlagandi. Jo'raev esa muxlislarimizga yaxshi tanish. Yarim himoyachi malum tanaffusdan keyin yana tarkibga qo'shildi.
SHuningdek, yana bir yarim himoyachi Bilol SHarofiddinovni ham jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashayotganligini qo'shimcha qilish mumkin.
Fikrlar