"Navbahor" futbolchilari uchun seminar o'tkazildi
06 mar 2019 10:52
Yangiliklar


"Navbahor" futbolchilari uchun seminar o'tkazildi
O'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Toshkentda olib borayotgan “Navbahor” klubi azolari uchun futbol o'yini qoidalari va unga kiritilgan yangi o'zgarishlar bo'yicha seminar o'tkazildi.
Uni nazoratchi hakam Baxtiyor Tog'aev olib bordi.
Seminar davomida jamoa azolari Baxtiyor Tog'aevga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan ham murojaat qilishdi hamda ularga to'liq javoblar olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar