So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  9 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  4 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

“Navbahor” direktori Baxtiyor Nurmatov: “Stadionga 20 ming odam kirdi degani, shuncha chipta sotildi degani emas” Yangiliklar

“Navbahor” direktori Baxtiyor Nurmatov: “Stadionga 20 ming odam kirdi degani, shuncha chipta sotildi degani emas”

Namanganning “Navbahor” jamoasi chempionatimizda o'z muxlislari bilan ajralib turadi.

Xo'sh, klub muxlislar tashrifidan qancha mablag' oladi, u nimalarga sarflanadi? Bu haqida klub direktori Baxtiyor Nurmatov “Tezkor Studiya”da javob berib o'tdi.

“Bitta o'yindagi muxlislar tashrifidan olingan daromad haqida hamma har xil fikrlaydi. Kimdir 50 million, 100 million deydi. Aslida 20 ming muxlis kirdi degani, shuncha chipta sotildi degan manoni anglatmaydi.

SHunday klublar borki, ishqibozlarni stadionga kelishi uchun malum bir turdagi sharoitlarni yaratib beradi. Bazi jamoalarning muxlislari esa o'zi stadionga talpinadi va har qancha bo'lsam ham chipta sotib olib kiradi.



To'g'ri, “Navbahor” jamoasi muxlislarga qattiq bog'langan. Klub ular orqali malum darajada daromad topishi aniq. Lekin, oxirgi bir yil ichida bu ham ortga keta boshladi. Koronavirus va pandemiya bizga qattiq tasir qildi. “Navbahor” muxlislarni jalb qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ko'proq sahifalarni ochdik. Futbolchilar, klub va ichki muhit haqida ularga ko'proq malumot berdik. Xayriya akciyalarini tashkil qildik.

Muxlislarning puliga PFL ko'z tikkan narsa noto'g'ri. Bizni stadion va davlat unitar korxonasi bilan shartnomamiz bor. Markaziy stadion bizning klubga qarashli emas. Roppa-rosa 50 foizini davlat unitar korxonasiga o'tkazib beramiz. Qolgan qismini komunal xizmatlarga to'lab beramiz”,- deydi "Navbahor" klubi direktori.


Kechagi "Tezkor studiya"ni quyida tomosha qilish mumkin:  


Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика