"Navbahor" davralar oralig'ida o'z safiga 10 nafar futbolchini qo'shib oldi
03 avg 2016 11:43
Yangiliklar
"Navbahor" davralar oralig'ida o'z safiga 10 nafar futbolchini qo'shib oldi
Murabbiylar qaroriga ko'ra “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzolagan Artur Parvanov, Murod To'ychiboev, Vladislav Aleksin (hmmasi “Norin”), Abdumalik Abdullaev, Islom Isoqjonov (ikkalasi ham “Andijon”). Vladislav Nuriev (“Obod”), Ilhom Boydedaev (“Neftchi”), Ruslan Vagapov (“Olmaliq”), Bilol SHarofiddinov (“Xotira-79”)lar ikkinchi davrani jamoamizda o'tkazadigan bo'lishdi.
Bundan tashqari jarohat tufayli chempionatda ishtirok eta olmayotgan G'ayrat Jo'raev ham ikkinchi davra oldidan PFLdan ro'yxatdan o'tkazildi. Ayni paytda jamoamiz bilan birga bo'lib turgan rossiyalik futbolchi Dordji Sangadjievni masalasi hozircha ochiq turibdi.
Gonduras va Kosta-Rika mamlakatidan taklif etilgan futbolchilar hozircha tarkibga qo'shilishganicha yo'q. Kuni-kecha jamoaga qo'shilgan Alisher Ziyoviddinovning ro'yxatdan o'tkazish ishlari bugun yakuniga etkaziladi. Eslatib o'tamiz, davralar oralig'idagi transfer darchasi 8 avgustga qadar ochiq bo'ladi. Bu esa yuqoridagi muddatga qadar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkonini beradi.
Fikrlar