So’nggi yangiliklar

08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  0 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  1 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  1 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  4 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  8 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  1 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  2 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  1 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  25 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3

“Navbahor” bilan bekor qilingan shartnoma, o'zbek futboliga etishmaydigan jihat va alamli mag'lubiyat haqida Jasur Azimov bilan suhbat Yangiliklar

“Navbahor” bilan bekor qilingan shartnoma, o'zbek futboliga etishmaydigan jihat va alamli mag'lubiyat haqida Jasur Azimov bilan suhbat

Samarqandning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi va jamoa sardori Jasur Azimov bilan suhbatlashdik.

Uning futbolga kirib kelishi, “Dinamo”dagi sharoitlar va O'zbekiston futboliga nima etishmayotgani haqidagi fikrlarini taqdim etamiz.

- Jasur avvalo futbolga kirib kelishingiz haqida:
- O'zim Samarqand viloyati Bulung'ur tumanida tug'ilganman. Yoshligimdan futbolga qiziqqanman. birinchi murabbiyim Anvar aka Yusupov bo'lgan. 6 yoshimdan futbol maktabiga borganimda, mening yoshimdagi jamoa bo'lmagan, shuning uchun 9-10 yoshli bolalar bilan mashg'ulot olib borganman.

- Hozirda nimalar bilan bandsiz. Mashg'ulotlar qay tarzda o'tkazilmoqda?
- Hozirda karantin qoidalariga to'liq amal qilmoqdamiz. Uy sharoitida to'p bilan to'liq ishlash imkoni yo'qligi sababli asosan jismoniy holatimizni ushlab turish uchun mashg'ulot olib boryapmiz. Ijtimoiy tarmoqda jamoadoshlarimiz bilan guruhimiz bor. O'sha erda murabbiyimiz bergan vazifalarni bajarib turibmiz.

- “Dinamo” jamoasiga kelishingiz tarixi qanday bo'lgan?
- Aslida Muborakning “Mashal” klubi tarbiyalanuvchisiman. “Dinamo”ga meni Rafael Balasanyan taklif qilgan. Bir mavsum birinchi ligada va Samarqandning "Registon" jamoasida ham to'p tepganman. Keyinchalik “Dinamo”ning asosiy tarkibidan asta-sekin joy olganman.

- Adashmasam siz uchun hozircha faoliyatingizdagi eng yorqin mavsum 2017 yil bo'lgan. O'sha yil jamoada eng ko'p o'yin o'tkazgan (25 uchrashuv, 2 gol) futbolchi siz edingiz?
- Ha, esimda. Yorqin, lekin oxiri alamli mavsum bo'lgan. CHempionatda 12-o'rinni olishimizga qaranamasdan Pro-ligaga tushirib yuborishgandi.

- 2017 yil 15 may sanasini eslay olasizmi? Bu kun faoliyatingizda qanday ahamiyatga ega?
- Oliy ligadagi birinchi golimni "Nasaf” jamoasiga urgan kun (kuladi)

- “Dinamo” 2019 yil yana Superligaga qaytarildi, moddiy tarafdan homiylar qo'llab-quvvatlab turgan edi, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov jamoaga yangi avtobus sovg'a qildi, lekin yakunda jamoa yana mavsumni oxirgi o'rinda yakunladi. Jamoaga nima etishmadi?
- Jamoaga tajriba etishmadi deb o'ylayman. Pro-liga uchun yig'ilgan tarkib bilan mavsumni boshladik. Birinchi davrada o'ylashimcha jamoalar biz bilan mensimagandek o'ynashdi shekilli birinchi davrani yaxshi tugatdik. Lekin davralar oralig'ida kuchli futbolchilar tarkibga jalb qilinmadi. Ikkinchi davrada esa jamoalar biz bilan jiddiy raqobatga kirishishdi. Tengma-teng o'tgan uchrashuvlarda omad ham etishmadi, yosh futbolchilarimiz oliy liga o'yinlarida qatnashmagan ham edi. Bir-ikki mag'lubiyatdan so'ng jamoa tushkunlikka tushib qoldi. Bazida uchrashuvlardan oldin "bugun yana yutqazamizmi?" deyishardi. O'ylashimcha o'zbek futboliga psixologlar etishmaydi. Futbolchilar tushkunlikka tushib qolishadi, mag'lubiyatga uchrasak muxlislar haqorat qilib tashlashidan cho'chishadi.

“Dinamoda” 6 yildan beri faoliyat olib borayotgan bo'lsam hech qachon jamoada moliyaviy qiyinchilik bo'lmagan, to'g'ri kechiktirib bo'lsa ham oyliklarimizni berishadi. Hokimiyat va "Agromir" rahbari SHavkat aka jamoani qo'llab turishdi. O'ylashimcha Samarqandga "futbol muhiti" etishmaydi. Futbolchilarga etibor etishmaydi. Futbol sohasida insonlar ishlashmoqda, biz harakat qilmoqdamiz lekin yana boshqa jihatlar ham bor.

- Siz bilan o'tgan yili qiziq vaziyat yuz berdi. 2019 yil boshida "Navbaxor” bilan 2+1 ko'rinishida shartnoma imozladingiz. Keyinchalik “Dinamo” Superligaga qaytarilgandan so'ng shartnomangizni bekor qilib Samarqandga qaytib keldingiz. Bunga nima sabab bo'lgandi?
- 2018 yilgi mavsum tugagandan so'ng “Navbahor”dan taklif tushdi va uni qabul qildim. Namanganga erkin agent sifatida borganim uchun, jamoaga “Dinamo” Superligaga qaytadigan bo'lsa shartnomani bekor qila olish o'z ixtiyorimda edi. Bu bandni shartnomaga qo'shtirgan edim. SHu o'rinda yana bir narsani aytib ketishim kerak. “Navbahor”da oladigan maoshim “Dinamo”da oladigan maoshimdan ikki barobar ko'p edi.

- Siz bilan ishlagan Bahrom Hakimov, Ilxom SHaripov, Edgar Gess, Oleg Tyulkin, Davron Fayziev, Tachmurod Agamurodovdan kimning sizga o'yin uslubi yoqardi ?
- O'yin uslubi jihatdan Tachmurod Agamurodov, Ravshan Xaydarov, "faqat oldinga borish" jihatdan Davron Fayziev yoqadi.

- Samarqand. Katta va ko'hna shahar. Bu shaharga "katta futbol" kerak. Bu yil murabbiylar va futbolchilar oldiga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilganmi?
- Ko'hna shahar bo'lgan bilan hozir futbol faqat muxlislarga kerak bo'lib qolgan. Etibor va sharoit yo'q. Yig'inni ham kech boshladik. Hattoki mashg'ulot uchun qoniqarli maydon qilib berisholmadi. Maqsadga keladigan bo'lsak jamoa o'zagini saqlab qolgan holda Superligaga qaytish. Jamoada Tachmurod SHamakovich ham olib qolindi. Bir nechta tajribali o'yinchilar keldi. Bular Azamat Allaniyazov, Alisher Yusupov, Avaz Agaliev.

Navbat blic savollarga.
- Siz tomosha qilgan eng qiziqarli final?
- 2011 yil “Bavariya” va “CHelsi” o'rtasidagi ECHL finali.
- Siz uchun dunyo futbolidagi eng kuchli 3 mutaxasis?
- Ser Aleks Fergyuson, Pep Gvardiola va Joze Mourinyu.
- Faoliyatingizdagi eng og'ir uchrashuv?
- 2017 yildagi "Dinamo" – “Navbahor” uchrashuvi. O'shanda 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragandik.
- Siz bilan birga o'ynagan eng kuchli futbolchi kim?
- Abdujamol Isroilov.
- Sizningcha futbol tarixidagi eng kuchli o'ng oyoq va chap oyoq sohibi?
- Albatta Ronaldu va Messi.
- Siz uchun futbol tarixidagi eng kuchli 3 futbolchi?
- Messi, Ronaldu va Ronaldino.


- “Dinamo”ning ko'p yillik futbolchisi va jamoa sardori sifatida muxlislarga tilaklaringiz bo'lsa marhamat.
- Hozirda yurtimizdagi vaziyatni his qilgan holda hamyurtlarimizga iloji boricha uyda qolishlarini, sinovli kunlar tezroq o'tib ketishini va tezroq yashil maydonga qaytishni xohlardim. SHifokorlar va ichki ishlar xodimlariga alohida rahmat aytaman. Ular hozir haqiqiy qahramonlardir.


Furqat Po'latov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика