"Navbahor": Ayupov bilan xayrlashildi
17 fev 2016 07:57
Yangiliklar


"Navbahor": Ayupov bilan xayrlashildi
Jamoamiz yig'inlarida shu vaqtgacha qatnashib kelgan hujumchi Timur Ayupov bugun "lochinlar" bilan xayrlashdi.
Ayrim sabablarga ko'ra Ayupov faoliyatini "Navbahor"da davom ettirmaydigan bo'ldi. "Navbahor" futbol klubi futbolchining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi.
Eslatib o'tamiz, bugun Rashid G'ofurov shogirdlari Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Ushbu bellashuv soat 11.00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar