So’nggi yangiliklar

13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   0 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  4 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  10 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  12 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1

"Navbahor": Ahmedov va Xursanovning o'yin borasidagi fikri Yangiliklar

"Navbahor": Ahmedov va Xursanovning o'yin borasidagi fikri

"Xorazm" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng bellashuvda urilgan gollarga mualliflik qilgan Ro'zimboy Ahmedov va Ravshan Xursanov o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi.

"O'yin kutilganidek og'ir kechdi. Jamoamiz murabbiylarning bergan ko'rsatmalarini alo darajada bajardi. Ko'rib turganingizdek bugun yaxshi natija qayd etdik. Mazkur uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rilgandi. Zero raqibni ham kuchsiz deb bo'lmaydi. Ushbu o'yinda erishgan natijamizni keyingi bellashuvlarda ham takrorlashga harakat qilamiz. Debyutim haqida to'xtaladigan bo'lsam, birinchi golimni ilk o'yindayoq urishimda jamoadosh akalarim va murabbiylarimning xissasi beqiyos. Golim bilan "Navbahor" muxlislarini xursand qildim deb umid qilaman. CHempionatimizning navbatdagi uchrashuvlarida ham "lochinlar" ishqibozlarini chiroyli gollarim bilan shod qilishga harakat qilaman", - deydi Xursanov.

"Bugungi o'yin qiyin bo'ldi. Ayniqsa birinchi taym og'irroq o'tdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Dastlabki bo'limda bir nechta vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Xudoga shukur, uchrashuvning ikkinchi yarmida bor kuchimiz bilan harakat qilib, to'rtta gol urdik. Buning uchun bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham raxmat aytaman. Ushbu bellashuv "Dinamo"ga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik bo'ldi. Xudo xohlasa Samarqanddan ijobiy natija bilan qaytishga qo'limizdan kelgancha haraqat qilamiz", - dedi Ahmedov.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика