"Navbahor" Ahmedov va serbiyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
21 fev 2018 11:37
Yangiliklar


"Navbahor" Ahmedov va serbiyalik hujumchi bilan shartnoma tuzdi
Bugun "Navbahor" ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu hafta boshida "lochinlar" safiga qo'shilgan serbiyalik hujumchi Nenad Inac yangi mavsumni "Navbahor"da o'tkazadigan bo'ldi.
1985 yilda tug'ilgan hujumchi yurtimizga kelgunga qadar Armanistonning "Bananc" klubi sharafini himoya qilayotgandi.
Bundan tashqari 2017 yilgi chempionatni "Navbahor"da o'tkazgan hujumchi Ro'zimboy Ahmedov bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Ahmedov jarohat sababli malum vaqt davomida mashg'ulotlarda qatnasha olmayotgandi. Ahmedov safga qaytib yangi mavsumda ham jamoaga yordam beradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar