10 yildan buyon "Paxtakor"da o'ynayotgan futbolchiga "Navbahor" qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
16 dek 2018, 11:22
Namanganning "Navbahor" klubi yangi mavsumdan oldin o'z tarkibini kuchaytirishga jiddiy bel bog'lagan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Andrey Kanchelskis boshchilgidagi "lochinlar" "Paxtakor" klubi a'zosi Vladimir Kozakka qiziqib qolishgan.

Ma'lumot uchun, Kozak 10 yildan buyon uzluksiz ravishda "Paxtakor" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsum futbolchi Superligada 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia