So’nggi yangiliklar

23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0

“Nasaf”ning bo'lajak raqibi “Li Man” haqida nimalarni bilish muhim? Yangiliklar

“Nasaf”ning bo'lajak raqibi “Li Man” haqida nimalarni bilish muhim?

20 oktyabr kuni “Nasaf” OFK kubogi Interzonal final bahsida Gongkong vakili “Li Man”ga qarshi to'p tepadi.

Xo'sh, “ajdarlar”ning bo'lajak raqibi borasida nimalarni bilish muhim hisoblanadi.

Klub qachon tashkil topgan?

Gonkongning o'rtamiyona jamoalaridan biri bo'lgan “Li Man” 2017 yilda tashkil topgan. Dastavval klub “Li Man Reynjers” nomi ostida faoliyatini boshlagan. Klub katta biznesmenlar tufayli tashkil topgani bois Gongkong oliy ligasida to'p tepish uchun 1 million Gongkong pulini federaciyaga to'lagan holda, o'z ishtirokini taminlagan. Biroq dastlabki mavsumda jamoa arang chempionatda o'z joyini saqlab qolgan, yani 8-o'rinni egallagan. Keyin klub investorlari bosh murabbiy lavozimiga yaxshi mutaxasis olib kelgan, legionerlar taklif qilingan. SHunga qaramay, jamoa natijalarida o'zgarish kuzatilmagan.

O'tgan mavsumda esa jamoa chempionatda 4-o'rinni qo'lga kiritdi. Licenziyalash talabani to'liq bajargan holda xalqaro maydonda to'p tepish imkoniyatini qo'lga kiritgan. 

Bugungi kunda jamoa o'z o'yinlarini 3500 kishiga mo'jallangan “Tseung Kvan Sport kompleksida o'tkazadi. 

Birinchi sovrin

“Li Man” 2018 yilda o'z tarixidagi birinchi sovringa ega chiqqan. Gongkong Sapling kubogida zafar quchgan. Bir yil o'tib esa mamlakat Superkubogi sohibiga aylangan. Mamlakat chempionatida “Istern”, “Kitche” kabi jamoalar etakchi hisoblanadi. “Li Man” esa moliyaviy tomonlama baquvvat hisoblanadi. 

OFK kubogi-2021dagi ishtiroki

“Li Man” birinchi bor xalqaro maydonda, yani, OFK kubogida ishtirok etmoqda. Klub guruh bosqich bahslarini o'z mamlakatida o'tkazdi. “J” guruhida “Istern” (Gonkong”), “Atletik 220” (Mo'g'uliston) va “Taynan Siti” (Xitoy Taypeyi) jamoalariga qarshi  bahs yuritdi. “Li Man” guruhdagi uchchala o'yinda ham g'alaba qozonib, guruhni peshqadam sifatida tamomladi. 

Tarkibi haqida

Klub 4 nafar legionerni OFK kubogi uchun ro'yxatdan o'tkazgan. Jumladan, Janubiy Koreya, Argentina, Braziliya va Ispaniyadan kelgan futbolchilar jamoa sharafini himoya qilmoqda. SHuningdek, klubda terma jamoaga nomzod bir nechta futbolchilar borligini aytish lozim. SHuningdek, mahalliylashtirilgan futbolchilar ham ko'p. Xususan, jamoa sardori Fernanjo Resio asli ispaniyalik bo'lib, Gongkong fuqaroligini olgan. Bugungi kunda Resio mamlakat terma jamoasida ham faoliyatini davom ettiradi. Bundan tashqari, Diego Eli ham braziliyalik bo'lib, keyinchalik ushbu yurt fuqaroligini qabul qilgan. Endilikda Gongkong terma jamoasiga chaqirilmoqda. 

Malumot uchun

“Li Man” jamoasi

Tashkil topgan yili: 2017 yil

Stadioni: Tseung Kvan Sport kompleksi (3500)

Prezidenti: Norman Li

Bosh murabbiy: CHan Xiu Min

Sardori: Fernando Resio.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика