“Nasaf”ning 2015 yildagi gollarini kimlar urdi?
10 dek 2015 23:26
Yangiliklar
“Nasaf”ning 2015 yildagi gollarini kimlar urdi?
“Nasaf” safida ushbu mavsumda eng ko'p gol kiritgan futbolchi - bu tajribali hujumchimiz Ilhom SHomurodov bo'ldi. Ilhom SHomurodov 2015 yilgi mavsumda raqiblarimiz darvozasiga jami 17 marotaba yo'l topa oldi. Ikkinchi ko'rsatkich esa jamoa sardori Artur Gevorkyanga tegishli. Turkmanistonlik vingerimiz bu yili SHomurodovdan bitta kam, yani 16ta gol urishni uddasidan chiqdi. Etiborlisi shundaki, bu yilgi urilgan gollarni aksariyatini “Nasaf” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari kiritishdi.
Akademiyamizda tahsil olgan yosh istedodli futbolchilarimiz – Bobir Abduxoliqov, Doniyor Narzullaev, Odiljon Hamrobekov, SHarof Muhiddinov kabi iqtidorli yoshlarimiz jamoamizning muhim gollariga mualliflik qilishdi.
“Nasaf”ning 2015 yilgi mavsumdagi gollarini urgan futbolchilar ro'yxati:
Ilhom SHomurodov – 17
Artur Gevorkyan – 16
Azamat Allaniyozov – 9
SHohruh Gadoev – 6
Farrux Sayfiev – 3
Maqsud Karimov – 2
Bobir Abduxoliqov – 2
Bahrom Abdurahimov- 2
Oleksandr Koblash – 2
SHerzod Azamov – 2
Akrom Bahriddinov – 1
Roy Rok – 1
Hamza Karimov – 1
SHarof Muhiddinov- 1
Odil Hamrobekov- 1
Doniyor Narzullaev- 1
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar