“Nasaf”ning 2015 yildagi gollarini kimlar urdi?

10 dek 2015, 23:26
Jamoamiz ushbu mavsumda Oliy liga, OCHL va O'zbekiston kubogi doirasidagi bahslarda jami 67 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etdi.


“Nasaf” safida ushbu mavsumda eng ko'p gol kiritgan futbolchi - bu tajribali hujumchimiz Ilhom Shomurodov bo'ldi. Ilhom Shomurodov 2015 yilgi mavsumda raqiblarimiz darvozasiga jami 17 marotaba yo'l topa oldi. Ikkinchi ko'rsatkich esa jamoa sardori Artur Gevorkyanga tegishli. Turkmanistonlik vingerimiz bu yili Shomurodovdan bitta kam, yani 16ta gol urishni uddasidan chiqdi. E'tiborlisi shundaki, bu yilgi urilgan  gollarni aksariyatini “Nasaf” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari kiritishdi.

Akademiyamizda tahsil olgan yosh istedodli futbolchilarimiz – Bobir Abduxoliqov, Doniyor Narzullaev, Odiljon Hamrobekov, Sharof Muhiddinov kabi iqtidorli  yoshlarimiz jamoamizning muhim gollariga  mualliflik qilishdi.

 

“Nasaf”ning 2015 yilgi mavsumdagi gollarini urgan futbolchilar ro'yxati:

Ilhom Shomurodov – 17

Artur Gevorkyan – 16

Azamat Allaniyozov – 9

Shohruh Gadoev – 6

Farrux Sayfiev – 3

Maqsud Karimov – 2

Bobir Abduxoliqov – 2

Bahrom Abdurahimov- 2

Oleksandr Koblash – 2

Sherzod  A'zamov – 2

Akrom Bahriddinov – 1

Roy Rok – 1

Hamza Karimov – 1

Sharof Muhiddinov- 1

Odil Hamrobekov-  1

Doniyor Narzullaev- 1

O'xshash yangiliklar


Manba: fcnasaf.uz