So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  34 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

“Nasaf”da kim qancha gol urdi? Yangiliklar

“Nasaf”da kim qancha gol urdi?

Teglar :  Nasaf
“Nasaf” jamoasi bu yilgi futbol mavsumida shu paytgacha milliy chempionatimiz doirasida 22ta, O'zbekiston Kubogi bahslarida esa 6ta uchrashuv o'tkazdi.

SHuningdek OCHL musobaqasida ham 6ta o'yin o'tkazganidan xabaringiz bor.

Jamoamiz futbolchilari chempionatda shu paytgacha raqiblari darvozasiga 41ta to'p kiritishdi, shulardan 2tasi penaltidan. O'zbekiston Kubogi bahslarida esa 13ta, shundan 1tasi penaltidan kiritildi.

CHempionatda kiritilgan 41ta to'pga jamoamizning 20ta futbolchisi mualliflik qildi.

Ayni paytda jamoamiz to'purari Azamat Allaniyozov bo'lib turibdi, uning hisobida 5ta gol bor. To'g'ri, serbiyalik legioner hujumchimiz Dragan CHeran ham o'z hisobiga 5ta gol yozdirib qo'ygan, ammo u 1ta golini penaltidan kiritgan. Ikkinchi o'rinda hujumchimiz SHaxboz Erkinov bormoqda uning hisobida 4ta gol bor. Keyingi o'rinlarda Bobir Abduxoliqov va Islom Rashidxonovlar borishmoqda, ularning hisobida 3tadan gol bor. Ilhom SHomurodov, SHerzod Azamov, Maqsud Karimov, Farruh Sayfievlar ikkitadan gol kiritishgan. Jamoamizning sobiq futbolchilari Artur Gevorkyan, Erkin Boydullaev, Deyan Bolevichlar ham vaqtida 2tadan gol urishga erishganlar.

Jamoamizning qolgan gollariga Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev, Ildar Mamatkazin, Igor Golban, Ognen Krasich, Fozil Musaev va Odiljon Hamrobekovlar mualliflik qilishgan.

Kubok bahslarida birdan uch nafar futbolchimiz to'purarlikka davogar bo'lib turishibdi. Bular Azamat Allaniyozov (2), Bobir Abduxoliqov (2), Igor Golban (2). Kubokdagi bahslarda qolgan gollarni Bahrom Abdurahimov, Islom Rashidxonov, Fozil Musaev, Dragan CHeran, Doniyor Narzullaevlar kiritishgan. Sobiq futbolchilarimizning ayrimlari ham joriy kubok bahslarida o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishgan. Bular Artur Gevorkyan (penaltidan) va Erkinov Boydullaev.

“Nasaf” jamoasi bu yilgi chempionatda 2ta (Artur Gevorkyan, Dragan CHeran),  kubok bahslarida esa 1ta (Artur Gevorkyan) gollarni penaltidan kiritishga erishgan.

SHuni alohida takidlash joizki, asosan jamoaviy o'yinga tayanib o'ynaydigan “ajdarlar”ning ayrim azolari o'zlari gol urmasada, gollik paslarda juda faol harakat qilishadi. Misol tariqasida bunday futbolchilarimizdan Ognen Krasich, Farruh Sayfiev, SHuhrat Muhammadiev, Fozil Musaev, Bahrom Abdurahimov va boshqalarni keltirish mumkin.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика