So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  38 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

“Nasaf”da g'alaba, “Navbahor”da durang, OKMK va “Paxtakor”da esa... OCHLning g'arb mintaqasida birinchi tur bahslari yakunlandi Yangiliklar

“Nasaf”da g'alaba, “Navbahor”da durang, OKMK va “Paxtakor”da esa... OCHLning g'arb mintaqasida birinchi tur bahslari yakunlandi

18-19 sentyabr kunlari OCHLning guruh bosqichiga start berildi.

Ushbu musobaqadan O'zbekistonning to'rtta jamoasi ishtirok etmoqda.

A guruhida “Paxtakor” musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi. “SHerlar” ilk turda kecha Toshkentda “Al Ayn”ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi va turnir jadvalining oxirgi pog'onasiga tushib qoldi. Guruhning ikkinchi bahsida esa yana bir kutilmagan natija qayd etildi. Turkmanistonning “Ahal”i Saudiya vakili “Al Feyha”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

B guruhida Qarshining “Nasaf” klubi musobaqani g'alaba bilan boshladi. “Ajdarlar” birinchi turda Iordaniyaga safar qilishdi va mahalliy “Al Faysaliy” jamoasini 90+7 daqiqada urilgan gol evaziga mag'lub etishdi. Guruhning ikkinchi bahsida esa “Al Sadd” va “SHarja” o'zaro durang o'ynashdi.

C guruhida Olmaliqning OKMK jamoasi ilk turda musobaqa bosh sovriniga davogarlardan biri bo'lmish “Al Ittihod”da qarshi maydonga tushdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari ushbu bahsda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Guruhning ikkinchi bahsida "Al Quva Al Javiya" “Sepahon” bilan jangovar durang o'ynadi.

D guruhida OCHL guruh bosqichining debyutanti “Navbahor” bahslarga kirishdi. Namanganliklar ilk turda OCHLning to'rt karra chempioni “Al Hilol”ga qarshi maydonga tushdi. Malkom, Neymar kabi futbolchilariga qarshi kechgan bahsda Babayan shogirdlari g'alaba qozonishlari ham mumkin edi, biroq 100 daqiqada o'tkazib yuborilgan gol, namanganliklarni g'alabadan mahrum qildi. Guruhning ikkinchi turida “Nassadji Mazandaran” “Mumbai Siti”ni mag'lub etdi.

G'arb mintaqasida o'zbek klublari yo'q yagona guruh. Biroq bu erda Ronaldu boshchiligidagi “Al Nassr” bor. Saudiyaliklar ilk turda “Persepolis”ni mag'lub etdi. Ikkinchi uchrashuvda esa “Al Duhayl” Tojikistonning “Istiqlol”ini mag'lub eta olmadi.

OCHLning ikkinchi tur bahslari 2-3 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. 2-turda "Nasaf" "Al Sadd"ni, OKMK "Al Quva Al Javiya"ni, "Navbahor" "Mumbai Siti"ni qabul qilsa, "Paxtakor" Saudiya Arabistoniga safar uyushtirib, "Al Feyha"ga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика