So’nggi yangiliklar

06:30Суперлига. "Қизилқум" ва "Машъал" йирик ҳисобда мағлубиятга учради, "Навбаҳор" эса Тошкентда ғалаба қозонди  0 03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  1 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  33 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  47 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  16 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  87 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  3 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  2

"Nasaf": Yoshlarimiz U-19 terma jamoasi safida Yangiliklar

"Nasaf": Yoshlarimiz U-19 terma jamoasi safida

Xabaringiz bor, Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi ayni kunlarda Belarus mamlakatida bo'lib turibdi.

Ular 5-11 may kunlari u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirishgan.

Jasur Abduraimov jamoamizdan 5 nafar yosh futbolchini O'zbekiston U-19 terma jamoa safiga jalb etgan. Bular, “Nasaf” futbol maktabimizning bitiruvchilari Bobur Abduxoliqov, Aziz G'aniev, SHarof Muhitdinov, Umid Ergashev va Dostonbek Berdiqulovlardir.

Bungacha Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida Bobur Abduxoliqov, SHarof Muhiddinov va Aziz G'anievlar raqiblari darvozasini ishg'ol qilishgani etiborga loyiq. Umid Ergashev esa terma jamoamiz darvozasini qo'riqlagan.

Takidlash kerakki, shu yilning 13-30 oktyabr kunlari Bahraynda U-20 terma jamoalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida yarim finalga chiqqan to'rt jamoa 2017 yil Janubiy Koreyada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatida qatnashadi.

30 paprel kuni Manamada bo'lib o'tgan qura natijasiga ko'ra, mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi “D” guruhidan joy olgan. Guruhda O'zbekiston, Xitoy, Avstraliya, Tojikiston yoshlar terma jamoalari bor.

Quyida “D” guruhi qita birinchiligi taqvimi bilan tanishing:

15 oktyabr: O'zbekiston – Tojikiston; Xitoy – Avstraliya

18 oktyabr: Tojikiston – Xitoy; Avstraliya – O'zbekiston

21 oktyabr: O'zbekiston – Xitoy, Avstraliya – Tojikiston

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика