"Nasaf": Yosh futbolchilar taqdirlanishdi
27 dek 2013 08:48
Yangiliklar

"Nasaf": Yosh futbolchilar taqdirlanishdi
“Nasaf” futbol maktabida bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda klub bosh menejeri SHamil Yarulin, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev yosh futbolchilarni tabriklab, kelajakda ulardan umidlari katta ekanliklarini bildirishdi.
Darhaqiqat, o'tib borayotgan yil futbol maktabi jamoasi uchun yutuqlarga boy yil bo'ldi. Maktabning 1997-98 yillarda tug'ilgan o'smirlaridan iborat jamoa oliy liga tayyorlov guruhlari o'rtasida o'tkazilgan mamlakat birinchiligida g'oliblikni qo'lga kiritishdi. SHuningdek, aynan ushbu jamoa 2-liga musobaqasining Qashaqadaryo mintaqasida chempionlikka erishdi. Albatta bu yutuqlarni qo'lga kiritilishida jamoa murabbiylari Umar Rahmatullaev va Jasur Ibragimovlarning hissalari katta bo'ldi. Jamoa orasidan bir qator futbolchilar sport ustaligiga nomzod talabini bajarishdi. Ushbu guruh tarbiyalanuvchilarining 9 nafari “Nasaf” o'rinbosarlari tarkibiga jalb etildi. Bir so'z bilan aytganda, 2013 yil maktab jamoasi uchun muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi. Tadbir so'nggida joriy mavsumda chempionlikka erishgan jamoa azolariga oltin medallar, faxriy yorlik va qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi.
Tadbir fotogalereyasini quyidagi manzilda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar